Qishki Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan ishtirok etadi
© Harbin 2025Zimnie Aziatskie igri 2025

© Harbin 2025
Obuna bo‘lish
Xitoyning Xarbin shahrida 7-14 fevral kunlari IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan qatnashadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xitoyning Xarbin shahrida 7-14 fevral kunlari IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
“Mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.
Delegatsiya bo‘lajak o‘yinlarda 6 sport turida 24 nafar atlet bilan qatnashishi kutilmoqda.
“Qayd etish joiz, bu ham sport turi, ham atletlar soni bo‘yicha delegatsiyamiz eng katta tarkibda qatnashadigan qishki Osiyo o‘yinlari bo‘ladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar:
Short-trek: Daniil Yeybog va Denis Ayrapetans;
Konkida yugurish: Danila Semerikov;
Tog‘ chang‘isi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalova, Kseniya Grigoryeva, Mariya Morozova;
Chang‘i alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zoza Shaymardanova, Asila Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, E’zozbek Xushvaqtov.
Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;
Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov.
Ochilish marosimi 7-fevral kuniga belgilangan. Atletlarning ishtiroki aynan shu sanadan boshlanadi.
Musobaqada 34 ta mamlakat va mintaqadan jami 1275 nafar sportchi ishtirok etadi. Ular 64 ta sovrinlar jamlanmasi uchun kurash olib boradi. 2025-yilgi Osiyo o‘yinlarining belgilari Sibir yo‘lbarslari Bingbing va Nini bo‘lib, o‘yinlarning shiori “Osiyoda qishki orzu va muhabbat”dir.
© Harbin 2025Zimnie Aziatskie igri 2025

Zimnie Aziatskie igri 2025
© Harbin 2025
Osiyo o‘yinlarining musobaqa va tantanali qismlari yettita sport maydonchasida o‘tkaziladi.