https://oz.sputniknews.uz/20250203/eik-iqtisod-47796890.html
YeIK iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni yaxshilashda davom etadi — Sagintayev
YeIK iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni yaxshilashda davom etadi — Sagintayev
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni yaxshilashda davom etadi. Bu haqda YeIK hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev komissiya tashkil topganining 13-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.
2025-02-03T11:14+0500
2025-02-03T11:14+0500
2025-02-03T11:14+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
tadbirkor
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/03/47796483_0:61:1401:849_1920x0_80_0_0_e294ad54dd18eb0f2421baaef1749601.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni yaxshilashda davom etadi. Bu haqda YeIK hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev komissiya tashkil topganining 13-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 2012-yilda tashkil etilganidan buyon YeIK a’zo mamlakatlar bilan birgalikda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) asoslarida belgilangan va Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini izchil rivojlantirishga qaratilgan fundamental tamoyillarni amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Uning aytishicha, YeOII doirasida mustahkam meyoriy-huquqiy baza yaratildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida uzoq muddatli ustuvorliklar belgilandi, tadbirkorlik va fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar mavjud. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining doimiy boshqaruv organi hisoblanadi. U 2012-yil 2-fevralda ish boshlagan. Komissiyaning asosiy maqsadi YeOII faoliyati va rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash hamda integratsiyani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi vaqtda YeIKda beshta davlat vakillari bor: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya. YeIK milliy boshqaruv organi maqomiga ega, uning qarorlari Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi loyihasida ishtirok etuvchi mamlakatlar manfaatlaridan kelib chiqadi. Komissiya qarorlari YeOIIga a’zo davlatlar hududida majburiydir.
https://oz.sputniknews.uz/20250127/eoii-yutuqlar-sergey-lavrov-47701011.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/03/47796483_94:0:1306:909_1920x0_80_0_0_f0df60341acc0b26ac0694f5b14044cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) iqtisodiy o‘sish yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yeoii ma’lumot
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) iqtisodiy o‘sish yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yeoii ma’lumot
YeIK iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni yaxshilashda davom etadi — Sagintayev
Baxitjan Sagintayev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining 13-yilligi bilan tabrikladi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni yaxshilashda davom etadi. Bu haqda YeIK hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev komissiya tashkil topganining 13-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida
ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 2012-yilda tashkil etilganidan buyon YeIK a’zo mamlakatlar bilan birgalikda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) asoslarida belgilangan va Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini izchil rivojlantirishga qaratilgan fundamental tamoyillarni amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.
“Komissiya o‘z ishida “beshlik” davlat fuqarolarining turmush darajasini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadiga amal qilishda, shuningdek, Ittifoq doirasida iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni yaxshilashda davom etadi”, — dedi u.
Uning aytishicha, YeOII doirasida mustahkam meyoriy-huquqiy baza yaratildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida uzoq muddatli ustuvorliklar belgilandi, tadbirkorlik va fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar mavjud.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining doimiy boshqaruv organi hisoblanadi. U 2012-yil 2-fevralda ish boshlagan. Komissiyaning asosiy maqsadi YeOII faoliyati va rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash hamda integratsiyani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Hozirgi vaqtda YeIKda beshta davlat vakillari bor: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya. YeIK milliy boshqaruv organi maqomiga ega, uning qarorlari Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi loyihasida ishtirok etuvchi mamlakatlar manfaatlaridan kelib chiqadi. Komissiya qarorlari YeOIIga a’zo davlatlar hududida majburiydir.