Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytarib beriladi — qaror

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishKorova
Korova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2025
Obuna bo‘lish
“Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning 50 foizi qaytarib beriladi. “Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
2025 yilda go‘sht va sut ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari;
2025 yilda parranda go‘shti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari;
2025 yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari;
2025 yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari.
2025 yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan davlat budjetiga to‘langan QQSning 50 foizini har oyning 25 sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi.
Parrandachilikning go‘sht va tuxum yo‘nalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi.
Naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.
Sbor urojaya rapsa i pshenisi v Novosibirskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2024
Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0