Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovProtsess risovaniya uzora dvux pokoleniy
Protsess risovaniya uzora dvux pokoleniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2025
Obuna bo‘lish
Muzeyning asosiy vazifalari qatoridan yoshlarni “ustoz-shogird” an’analari asosida kulolchilik hunariga o‘rgatish joy olgan.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Farg‘ona viloyatida Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi ochiladi. Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari etib belgilandi:
muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, to‘plash va saqlash;
madaniy, ma’rifiy, ilmiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish;
yoshlarni “ustoz-shogird” an’analari asosida kulolchilik hunariga o‘rgatish;
kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;
ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish.
Muzeyni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tasdiqlandi. Ishchi guruh muzey konsepsiyasini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
2025 yil 1-aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga to‘liq moslashtiriladi.
Ma’lumot uchun, Rishton tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan dasturiga ko‘ra, To‘raobod maydonida hunarmandlar markazini tashkil etish bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda. Obyektda loyiha qiymati 25,0 mlrd so‘mlik 10 ta kulolchilik ustaxonalari va mehmon uylari, milliy choyxona, qishki va yozgi cho‘milish xavzalari, avtoturargox, kulolchilik muzeyi barpo etiladi.
Sentr remeslennichestva Gijduvana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2024
Narzullayevlar sulolasining kulolchilik uy-muzeyi — qiziqarli fotolar
Yangiliklar lentasi
0