https://oz.sputniknews.uz/20250129/aqsh-bolalar-jins-operatsiya-moliyalashtirish-taqiq-47741489.html
AQShda bolalar jinsini o‘zgartirish operatsiyalarini moliyalashtirish taqiqlandi
AQShda bolalar jinsini o‘zgartirish operatsiyalarini moliyalashtirish taqiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi hujjat: Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosati bolaning bir jinsdan boshqa jinsga o‘tishini moliyalashtirmaydi. 29.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-29T15:08+0500
2025-01-29T15:08+0500
2025-01-29T15:08+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
bolalar
jarrohlik amaliyoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/06/42364093_0:150:3108:1898_1920x0_80_0_0_f2f5ef532c308e4df67e9de363f96ba4.jpg
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. AQShda bolalarning jinsini o‘zgartirish operatsiyalari uchun federal moliyalashtirish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp tegishli farmonni imzoladi.Hujjatda qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakat bo‘ylab shifokorlar bir qator qaytarilmas tibbiy muolajalar orqali jinsini o‘zgartirishi mumkin degan yolg‘on bahona bilan ko‘proq bolalarni jarohatlaydi va sterilizatsiya qilmoqda.Shunga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosati bolaning bir jinsdan boshqa jinsga o‘tishini moliyalashtirmaydi, homiylik qilmaydi, targ‘ib qilmaydi, yordam bermaydi yoki qo‘llab-quvvatlamaydi.Hujjatga ko‘ra, endi 19 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning jinsini o‘zgartirish operatsiyasi yoki gormonal terapiya uchun davlat mablag‘laridan foydalanish taqiqlanadi.Tramp bolalarda gender disforiyasini davolash bo‘yicha ko‘rsatmalarni ko‘rib chiqishni va 90 kun ichida yangi hisobotni taqdim etishni buyurdi. Farmonga ko‘ra, federal mablag‘ oladigan tibbiyot muassasalaridan bunday xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatish talab qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/06/42364093_189:0:2920:2048_1920x0_80_0_0_0e7f3029f91a4a133235ee2fc9ba3e85.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, bolalar, jarrohlik amaliyoti
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, bolalar, jarrohlik amaliyoti
AQShda bolalar jinsini o‘zgartirish operatsiyalarini moliyalashtirish taqiqlandi
Yangi hujjat: Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosati bolaning bir jinsdan boshqa jinsga o‘tishini moliyalashtirmaydi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. AQShda bolalarning jinsini o‘zgartirish operatsiyalari uchun federal moliyalashtirish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp tegishli
farmonni imzoladi. Hujjatda qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakat bo‘ylab shifokorlar bir qator qaytarilmas tibbiy muolajalar orqali jinsini o‘zgartirishi mumkin degan yolg‘on bahona bilan ko‘proq bolalarni jarohatlaydi va sterilizatsiya qilmoqda.
“Bu xavfli tendensiya xalqimiz tarixida dog‘ bo‘lib qoladi va uni to‘xtatish kerak”, — deyiladi hujjat matnida.
Shunga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosati bolaning bir jinsdan boshqa jinsga o‘tishini moliyalashtirmaydi, homiylik qilmaydi, targ‘ib qilmaydi, yordam bermaydi yoki qo‘llab-quvvatlamaydi.
Hujjatga ko‘ra, endi 19 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning jinsini o‘zgartirish operatsiyasi yoki gormonal terapiya uchun davlat mablag‘laridan foydalanish taqiqlanadi.
Tramp bolalarda gender disforiyasini davolash bo‘yicha ko‘rsatmalarni ko‘rib chiqishni va 90 kun ichida yangi hisobotni taqdim etishni buyurdi. Farmonga ko‘ra, federal mablag‘ oladigan tibbiyot muassasalaridan bunday xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatish talab qilinadi.