Anqara, Boku va Toshkent Ukrainada adolatli tinchlik tarafdori — Turkiya TIV

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vmeste s suprugoy pribil s ofitsialnim vizitom v Tursiyu.
Shavkat Mirziyoyev vmeste s suprugoy pribil s ofitsialnim vizitom v Tursiyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2025
Obuna bo‘lish
Anqarada Turkiya-Ozarbayjon-O‘zbekiston formatidagi tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston Ukrainada adolatli va mustahkam tinchlik o‘rnatilishi tarafdori. Bu haqda Anqarada Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari, savdo va transport vazirliklari rahbarlarining uch tomonlama muzokaralari yakunlari bo‘yicha Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ma’lum qildi. Uchrashuv "TRT Haber" telekanali orqali efirga uzatildi.
Anqarada Turkiya-Ozarbayjon-O‘zbekiston formatidagi tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, uchrashuvda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilingan.
“Turk dunyosi vakillari sifatida biz Ukrainada adolatli va mustahkam tinchlik ta’minlanishi tarafdorimiz”, — dedi Fidan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari Afg‘onistonning xalqaro yakkalanishiga qarshi chiqib, uning qo‘shnilari bilan tinch-totuv yashashi tarafdori bo‘lgan.
“Shuningdek, 1967-yilgi chegaralar doirasida poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil va suveren Falastin davlatini yaratish qo‘llab quvvatlandi”, — dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Uch davlat vakillari Suriyadagi vaziyatni ham muhokama qilgan.

“Biz Suriyani to‘liq suveren, terrorizmdan xoli, barqaror va farovon mamlakat sifatida ko‘rishni istardik. Xalqaro hamjamiyat Suriyani qayta tiklashga mas’uldir. Suriya mintaqada va xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun barcha zarur yordamni beramiz”, — dedi Turkiya TIV rahbari.

Shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldi. Ishtirokchilar savdo, sarmoya, logistika va tranzit sohalarida qilinishi kerak bo‘lgan qadamlarni nazarda tutuvchi Anqara deklaratsiyasini imzolashdi.
"Biz infratuzilma loyihalarini jadallashtirish va ustuvor tarmoqlarga sarmoya kiritishni rag‘batlantirishga kelishib oldik. Kelgusi davrda amal qiladigan yo‘l xaritasini ham belgilab oldik”, — dedi Fidan.
Eslatib o‘tamiz, bunday formatdagi ilk uchrashuv 2022-yil 2-avgust kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan.
Rabochaya poyezdka prezidenta Vladimira Putina v Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainadagi mojaro ikki oy ichida tugashi mumkin — Putin
Yangiliklar lentasi
0