Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSeremoniya podpisaniya dvustoronnix dokumentov po itogam peregovorov mejdu Uzbekistanom i Belarusyu.
Seremoniya podpisaniya dvustoronnix dokumentov po itogam peregovorov mejdu Uzbekistanom i Belarusyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Belarus yetakchilari telefon orqali muloqotda bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
“Davlatimiz rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari Belarus xalqi amaldagi Prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaganini alohida ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Suhbat chog‘ida o‘tgan yil 7-9 fevral kunlari Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, yaqin ishbilarmonlik va hududlararo aloqalarni, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Belarus yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
Prezidentskie vibori v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2025
Belarus prezidenti saylovlarida Lukashenko yetakchilik qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0