Oliy ta’limda ilmiy salohiyat 55 foizga chiqariladi — Mirziyoyev taqdimot bilan tanishdi
09:51 23.01.2025 (yangilandi: 10:23 23.01.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o prioritetnix zadachax v oblasti visshego obrazovaniya i nauki

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga chiqarish, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, bu yil mingdan ortiq ta’lim dasturlari “TOP-300” universitet dasturlari asosida takomillashtiriladi. 45 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Oliygohlarda Registrator ofisi xizmatlari bilan talabalar to‘liq qamrab olinadi. Dual ta’limga yana 50 ming talaba jalb qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o prioritetnix zadachax v oblasti visshego obrazovaniya i nauki

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o prioritetnix zadachax v oblasti visshego obrazovaniya i nauki
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ilg‘or muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oshirish maqsad qilingan.
Taqdimotda mutasaddilar shu borada amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berdi.
Oliy ta’limga qabul jarayonida “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga o‘tildi. Davlat granti talabalarning iqtidoriga qarab ajratiladigan bo‘ldi. Moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta oliygohda Registrator ofisi tashkil qilindi. Natijada dekanat va bo‘limlarda shtatlar 20 foizga qisqarib, 30 ta xizmat turi raqamlashdi.
Ushbu tajribadan kelib chiqib, shunday ofislarni boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham ochish, ta’lim va ilm-fan xizmatlarini qamrab olgan yagona raqamli tizim joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Dual ta’limda ishtirok etayotgan korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o prioritetnix zadachax v oblasti visshego obrazovaniya i nauki

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o prioritetnix zadachax v oblasti visshego obrazovaniya i nauki
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.
Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.
Doktorantura kvotasini taqsimlashda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratish, ilmiy daraja va unvonlar olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Pedagoglar kasbiy mahoratini oshirishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy, sport va intellektual loyihalar bilan talabalarni to‘liq qamrab olish, yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish tadbirlari yuzasidan axborot berildi.