Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasini oshirdi — 2024-yil ko‘rsatkichlari

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yilda 17 milliard dollardan oshdi.
O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi qariyb 17,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 5,8 mlrd dollar, import hajmi esa 11,6 mlrd dollarga yetdi.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, YeOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.
Rossiya Ittifoq mamlakatlari orasida respublikaning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. 2024-yil davomida u bilan umumiy savdo hajmi 11,6 mlrd dollarni tashkil etdi, shundan 7,9 mlrd dollardan ortig‘i import.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0