Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi sanasi ma’lum qilindi

© Senat Oliy MajlisaNa 55-m plenarnom zasedanii Senata rassmotren Zakon "Ob utverjdenii Predprinimatelskogo kodeksa Respubliki Uzbekistan".
Na 55-m plenarnom zasedanii Senata rassmotren Zakon Ob utverjdenii Predprinimatelskogo kodeksa Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2025
Obuna bo‘lish
Senatorlar 10 ga yaqin qonun hujjatlarini ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 23-yanvar kuni chaqiriladi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Senat Kengashining majlisida uchinchi yalpi majlisni 2025-yil 23-yanvar kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yalpi majlisda senatorlar quyidagi qonunlarni muhokama qiladi:.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi;
“Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi;
“Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi;
“Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024-yil 18-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi va “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0