https://oz.sputniknews.uz/20250121/mirziyoev-tramp-tabrik-ozbekiston-taklif-47643059.html
Mirziyoyev Trampni lavozimga kirishgani bilan tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif etdi
Mirziyoyev Trampni lavozimga kirishgani bilan tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi.
2025-01-21T16:49+0500
2025-01-21T16:49+0500
2025-01-21T16:53+0500
siyosat
o‘zbekiston
aqsh
shavkat mirziyoyev
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/823/47/8234751_0:0:1201:676_1920x0_80_0_0_60e523ab6706689b66a2cabd1c2a58db.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida. Davlat rahbari o‘z maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQShning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi o‘rni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirdi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston AQShning respublika mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250121/tramp-aqsh-prezident-lavozim-47631922.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/823/47/8234751_67:0:1132:799_1920x0_80_0_0_932578026184b5dec586befbea2c714a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev amerika qo‘shma shtatlari prezidenti donald tramp
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev amerika qo‘shma shtatlari prezidenti donald tramp
Mirziyoyev Trampni lavozimga kirishgani bilan tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif etdi
16:49 21.01.2025 (yangilandi: 16:53 21.01.2025) Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining
Telegram-kanalida. Davlat rahbari o‘z maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQShning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi o‘rni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston AQShning respublika mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi.
"Sizning birinchi Prezidentlik davringizda O‘zbekiston-AQSh o‘rtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganini va ko‘p qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab o‘tishni istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz", – deyiladi prezident maktubida.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.