Yamanlik tadbirkor va investorlar o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilmoqchi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii
Flagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchixonasi Saudiya Arabistonidagi tadbirkorlar uchun taqdimot o‘tkazdi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Yamanlik tadbirkor va investorlar o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik o‘rnatadi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi Saudiya Arabistonida faoliyat yuritadigan hamda hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirgan yetakchi yamanlik tadbirkor va investorlar uchun taqdimot o‘tkazdi. Unda mamlakatning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati haqida so‘z bordi.
© IA "Dunyo"Posolstvo Uzbekistana predstavilo yemenskim predprinimatelyam v Saudovskoy Aravii torgovo-ekonomicheskiy i investitsionniy potensial nashey strani
Posolstvo Uzbekistana predstavilo yemenskim predprinimatelyam v Saudovskoy Aravii torgovo-ekonomicheskiy i investitsionniy potensial nashey strani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2025
Posolstvo Uzbekistana predstavilo yemenskim predprinimatelyam v Saudovskoy Aravii torgovo-ekonomicheskiy i investitsionniy potensial nashey strani
Ishtirokchilar quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi:
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar;
investitsiya imkoniyatlari;
soliq va bojxona imtiyozlari;
iqtisodiyotning muhim tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari hamda islohotlar.
“Tomonlarni qiziqtirgan loyihalar va sohalar bo‘yicha alohida uchrashuvlar tashkil etish hamda O‘zbekistonning ishbilarmon doiralari vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish yuzasidan kelishib olindi. Tadbirkorlarning O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, taqdimotda tadbirkorlar biznes yuritishning huquqiy jihatlari, logistika, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va investitsiya sohasidagi davlat siyosati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishgan.
Yangiliklar lentasi
0