https://oz.sputniknews.uz/20250120/ozbekiston-rostov-madaniyat-kun-taklif-47618886.html
O‘zbekistonda Rostov madaniyati kunlarini o‘tkazish taklif etildi — tafsilotlar
O‘zbekistonda Rostov madaniyati kunlarini o‘tkazish taklif etildi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Gubernator: 2025-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda Rostov viloyati madaniyati kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman. 20.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-20T14:23+0500
2025-01-20T14:23+0500
2025-01-20T14:23+0500
madaniyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37420807_0:143:3072:1871_1920x0_80_0_0_050ac9e4b30bd700ed4d783535280395.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning Rostov viloyati madaniyati kunlarini o‘tkazish taklif etildi, deya xabar berdi “Dunyo” AA. O‘zbekiston bosh konsuli Burxon Aliqulov Rossiyaning Rostov viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklikni jadallashtirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi. Tomonlar migratsiya sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini aytib, O‘zbekiston hukumati uyushgan va xavfsiz mehnat migratsiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani, bu ikki mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlashdi. Rostov viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, mashinasozlik, metallurgiya va ko‘mir sanoati bo‘yicha federatsiyaning eng yirik subyektlaridan biri hisoblanishi qayd etildi. Viloyat rahbari, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida qo‘shma loyihalarni faollashtirish va yangi yo‘nalishlarni topish muhimligiga e’tibor qaratdi.O‘zbekiston va Rossiya madaniy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi — tafsilotlar
https://oz.sputniknews.uz/20250118/rossiya-rostov-ozbekiston-agrosanoat-xabi-47605180.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37420807_251:136:2610:1906_1920x0_80_0_0_5eb842dab4a863fc0118ae10138872da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, rossiya
madaniyat, o‘zbekiston, rossiya
O‘zbekistonda Rostov madaniyati kunlarini o‘tkazish taklif etildi — tafsilotlar
Gubernator: 2025-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda Rostov viloyati madaniyati kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning Rostov viloyati madaniyati kunlarini o‘tkazish taklif etildi, deya xabar berdi
“Dunyo” AA. O‘zbekiston bosh konsuli Burxon Aliqulov Rossiyaning Rostov viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar bilan uchrashdi.
"Ta’lim, turizm va madaniyat jabhalarida ham aloqalarimizni kengaytirish uchun ulkan salohiyat bor. Shu munosabat bilan 2025-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston shaharlaridan birida Rostov viloyati madaniyati kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman", — dedi Yuriy Slyusar.
Muloqot chog‘ida hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklikni jadallashtirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.
Tomonlar migratsiya sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini aytib, O‘zbekiston hukumati uyushgan va xavfsiz mehnat migratsiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani, bu ikki mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlashdi.
Rostov viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, mashinasozlik, metallurgiya va ko‘mir sanoati bo‘yicha federatsiyaning eng yirik subyektlaridan biri hisoblanishi qayd etildi. Viloyat rahbari, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida qo‘shma loyihalarni faollashtirish va yangi yo‘nalishlarni topish muhimligiga e’tibor qaratdi.