https://oz.sputniknews.uz/20250120/olimpiada-oquvchilar-ulug-vatan-urush-bilimlar-47620647.html
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishlari mumkin — shartlar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishlari mumkin — shartlar
Sputnik O‘zbekiston
Olimpiadaning asosiy sovrini Qizil maydondagi G‘alaba paradida qatnashish imkoniyatidir.
2025-01-20T15:13+0500
2025-01-20T15:13+0500
2025-01-20T15:13+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
olimpiada
o‘quvchilar
g‘alaba
g‘alaba bayrami
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1379/10/13791024_0:141:1755:1128_1920x0_80_0_0_14c5dd3d4a1a42b56f820dc5527ef20a.jpg.webp
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan Butunjahon maktab olimpiadasi 23-fevral kuni boshlanadi, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati. Qayd etilishicha, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar Ulug‘ Vatan urushi haqidagi bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin. Olimpiada rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi, bu uning xalqaro ishtirokini kengaytiradi va loyihani turli mamlakatlar maktab o‘quvchilari uchun ochiq qiladi. Intellektual bellashuvning finali 6-mayga belgilangan. U Moskvada bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar ijodiy topshiriqlarni ham bajarishlari kerak bo‘ladi. Olimpiadaning asosiy sovrini Qizil maydondagi G‘alaba paradida qatnashish imkoniyatidir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1379/10/13791024_32:0:1724:1269_1920x0_80_0_0_ee0dc1d24b496591e4573375c2b2a4f8.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan butunjahon maktab olimpiadasi
g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan butunjahon maktab olimpiadasi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishlari mumkin — shartlar
Olimpiadaning asosiy sovrini Qizil maydondagi G‘alaba paradida qatnashish imkoniyatidir.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan Butunjahon maktab olimpiadasi 23-fevral kuni boshlanadi, deya xabar beradi tashkilot
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar Ulug‘ Vatan urushi haqidagi bilimlarini
sinab ko‘rishlari mumkin.
“Bu xalqaro intellektual musobaqa bo‘lib, turli mamlakat yoshlarini Ulug‘ Vatan urushi va Ikkinchi jahon urushi voqealarini o‘rganishga jalb etadi. Ishtirokchilar XX asr tarixiga bilim va hurmatni namoyon etgan holda onlayn test sinovlarini topshiradi va maxsus topshiriqlarni bajaradi”, — deyiladi xabarda.
Olimpiada rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi, bu uning xalqaro ishtirokini kengaytiradi va loyihani turli mamlakatlar maktab o‘quvchilari uchun ochiq qiladi.
Birinchi onlayn bosqich 25-fevraldan 21-martgacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari, jasoratlari, asosiy janglari va tarixdagi muhim sanalar haqidagi savollarga javob berishlari kerak bo‘ladi.
Ikkinchi onlayn bosqich 24-martdan 11-aprelga qadar davom etadi. Kengaytirilgan test blokiga qo‘shimcha ravishda u ijodiy vazifalarni, xususan, tematik videovizitkani yaratishni o‘z ichiga oladi.
Intellektual bellashuvning finali 6-mayga belgilangan. U Moskvada bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar ijodiy topshiriqlarni ham bajarishlari kerak bo‘ladi.
Olimpiadaning asosiy sovrini Qizil maydondagi G‘alaba paradida qatnashish imkoniyatidir.