https://oz.sputniknews.uz/20250120/nigeriya-tadbirkorlar-yashil-iqtisod-zona-biznes-47618590.html
Nigeriya tadbirkorlarga "Yashil iqtisodiy zona"da biznes boshlash uchun yordam bermoqchi
Nigeriya tadbirkorlarga "Yashil iqtisodiy zona"da biznes boshlash uchun yordam bermoqchi
Sputnik O‘zbekiston
"Yashil iqtisodiy zona" Kaduna shtatida tashkil etilgan bo‘lib, uning maydoni 718 gektarga teng. 20.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-20T11:30+0500
2025-01-20T11:30+0500
2025-01-20T11:30+0500
iqtisod
o‘zbekiston
nigeriya
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39573647_0:297:3092:2036_1920x0_80_0_0_4676ef53cf72f3609abe2f6709f57715.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Nigeriyadagi kompaniya o‘zbekistonlik tadbirkorlar "Yashil iqtisodiy zona" hududida biznesni yo‘lga qo‘yishlari uchun yordam bermoqchi. Bu haqda “Dunyo” AA ma’lum qildi. O‘zbekiston elchixonasida Nigeriyaning "K.K.Kingdom Group" kompaniyasining biznes aloqalari bo‘yicha maslahatchisi, misrlik tadbirkor Muhammad Hasib bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistondagi manfaatdor korxonalar vakillari bilan onlayn muzokaralar tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olishdi. Ma’lumot uchun, "K.K.Kingdom Group" Nigeriyaning yirik xususiy kompaniyalaridan biri sanaladi. U ishlab chiqarish, ko‘chmas mulk, muhandislik va qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi qator korxonalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniya mamlakatning Kaduna shtatida 718 gektar yer maydonda "Yashil iqtisodiy zona" (Green Economic Zone - GEZ) tashkil qilgan. Mazkur hududda 250 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi, to‘qimachilik fabrikasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, mashinasozlik, kiyim-kechak va moda, savdo, xizmat ko‘rsatish, elektronika va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi boshqa ko‘plab klasterlar joylashgan. GEZ qulay transport-logistika sharoitlari, jumladan, avtomobil, temir va havo yo‘llari marshrutlariga ega.
o‘zbekiston
nigeriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39573647_361:0:3092:2048_1920x0_80_0_0_75fd84dd5c12d14cd885a52d84625392.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, nigeriya, tadbirkor
iqtisod, o‘zbekiston, nigeriya, tadbirkor
Nigeriya tadbirkorlarga "Yashil iqtisodiy zona"da biznes boshlash uchun yordam bermoqchi
"Yashil iqtisodiy zona" Kaduna shtatida tashkil etilgan bo‘lib, uning maydoni 718 gektarga teng.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Nigeriyadagi kompaniya o‘zbekistonlik tadbirkorlar "Yashil iqtisodiy zona" hududida biznesni yo‘lga qo‘yishlari uchun yordam bermoqchi. Bu haqda “Dunyo” AA
ma’lum qildi. O‘zbekiston elchixonasida Nigeriyaning "K.K.Kingdom Group" kompaniyasining biznes aloqalari bo‘yicha maslahatchisi, misrlik tadbirkor Muhammad Hasib bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Muloqot chog‘ida misrlik tadbirkor O‘zbekistondagi manfaatdor kompaniya va korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatishga katta qiziqish bildirdi. U, shuningdek, mamlakatimiz tadbirkorlarining GEZ hududida o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlariga amaliy yordam berishga tayyor ekanini ta’kidladi”, — deyilgan xabarda.
Tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistondagi manfaatdor korxonalar vakillari bilan onlayn muzokaralar tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun, "K.K.Kingdom Group" Nigeriyaning yirik xususiy kompaniyalaridan biri sanaladi. U ishlab chiqarish, ko‘chmas mulk, muhandislik va qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi qator korxonalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniya mamlakatning Kaduna shtatida 718 gektar yer maydonda "Yashil iqtisodiy zona" (Green Economic Zone - GEZ) tashkil qilgan.
Mazkur hududda 250 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi, to‘qimachilik fabrikasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, mashinasozlik, kiyim-kechak va moda, savdo, xizmat ko‘rsatish, elektronika va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi boshqa ko‘plab klasterlar joylashgan. GEZ qulay transport-logistika sharoitlari, jumladan, avtomobil, temir va havo yo‘llari marshrutlariga ega.