https://oz.sputniknews.uz/20250120/mdh-2028-yil-ijtimoiy-rivojlanish-turmush-sifat-yil-47617026.html
MDHda 2028-yilni Ijtimoiy rivojlanish va turmush sifati yili deb e’lon qilish taklif etildi
MDHda 2028-yilni Ijtimoiy rivojlanish va turmush sifati yili deb e’lon qilish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy rivojlanish va hayot sifati yili deb e’lon qilish bo‘yicha yakuniy qaror MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi. 20.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-20T10:19+0500
2025-01-20T10:19+0500
2025-01-20T10:28+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
siyosat
mdh
qirg‘iziston
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39987698_0:86:1448:901_1920x0_80_0_0_24b6fd255a6237c744f83493399a6693.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)da 2028-yilni Ijtimoiy rivojlanish va turmush sifati yili deb e’lon qilish taklif qilinmoqda, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati. MDH shtab-kvartirasida tegishli qarorlar loyihasini kelishish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. Ekspertlar mamlakatlardan kelib tushgan takliflarni muhokama qilib, hujjatlar loyihalarini kelishib oldi. Yig‘ilish materiallari Hamdo‘stlik davlatlariga yuboriladi. Aytilishicha, mazkur tashabbusning amalga oshirilishi Hamdo‘stlik davlatlarining ijtimoiy sohadagi o‘zaro hamkorligi borasidagi ishlarni kengaytirish, hayot sifatini oshirish, ijtimoiy-demografik salohiyatni mustahkamlash, aholining samarali bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. 2028-yil davomida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:2028 yilni Ijtimoiy rivojlanish va hayot sifati yili deb e’lon qilish bo‘yicha yakuniy qaror MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi.
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39987698_66:0:1383:988_1920x0_80_0_0_5d7d889e709df81c285c56fcc4864cf4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, siyosat, mdh, qirg‘iziston, o‘zbekiston
dunyo yangiliklari, dunyoda, siyosat, mdh, qirg‘iziston, o‘zbekiston
MDHda 2028-yilni Ijtimoiy rivojlanish va turmush sifati yili deb e’lon qilish taklif etildi
10:19 20.01.2025 (yangilandi: 10:28 20.01.2025) Ijtimoiy rivojlanish va hayot sifati yili deb e’lon qilish bo‘yicha yakuniy qaror MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)da 2028-yilni Ijtimoiy rivojlanish va turmush sifati yili deb e’lon qilish taklif qilinmoqda, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
MDH shtab-kvartirasida tegishli qarorlar loyihasini kelishish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Ekspertlar mamlakatlardan kelib tushgan takliflarni muhokama qilib, hujjatlar loyihalarini kelishib oldi. Yig‘ilish materiallari Hamdo‘stlik davlatlariga yuboriladi.
“MDHda Ijtimoiy rivojlanish va turmush sifati yili deb e’lon qilish tashabbusi Qirg‘iziston tomoniga tegishli. Uni MDHga a’zo davlatlarning mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maslahat kengashi a’zolari qo‘llab-quvvatladi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mazkur tashabbusning amalga oshirilishi Hamdo‘stlik davlatlarining ijtimoiy sohadagi o‘zaro hamkorligi borasidagi ishlarni kengaytirish, hayot sifatini oshirish, ijtimoiy-demografik salohiyatni mustahkamlash, aholining samarali bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2028 yil davomida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
ijtimoiy-mehnat sohasidagi hujjatlarni takomillashtirish va yangilash orqali barqaror ijtimoiy rivojlanish va hayot sifatini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy muloqotni kengaytirish;
tajriba loyihalarini amalga oshirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ilg‘or tajribasini ommalashtirish;
MDHga a’zo davlatlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik siyosatining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro forumlar va muloqot maydonchalarini o‘tkazish.
2028 yilni Ijtimoiy rivojlanish va hayot sifati yili deb e’lon qilish bo‘yicha yakuniy qaror MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi.