https://oz.sputniknews.uz/20250120/haydovchilik-guvohnomasi-47630619.html
Toshkentda haydovchilik guvohnomasini qanday olish mumkin?
Toshkentda haydovchilik guvohnomasini qanday olish mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
Agar nomzod 25 daqiqa ichida 18 dan ortiq savollarga javob bersa, u keyingi bosqichga – amaliy testga o‘tishi mumkin bo‘ladi. Bu yerda avtodromda yo‘l harakati qoidalarini bilishini namoyish qilish kerak bo‘ladi, barcha xatolar maxsus sensorlar va uskunalar orqali qayd etiladi.Yagona imtihon markazida nazariy imtihonni birinchi marta topshirish narxi — 1 mln so‘m, amaliy imtihon narxi — yana 1 mln so‘mni tashkil etadi.
2025-01-20T20:00+0500
2025-01-20T20:00+0500
2025-01-21T14:44+0500
infografika
haydovchilar
haydovchilik guvohnomasi
toshkent
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47632732_0:218:2868:1831_1920x0_80_0_0_09d196d3c3ccbabe74708f108dade214.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Toshkentda har yili o‘z shaxsiy avtomobilida harakatlanishni xohlovchilar soni oshib bormoqda. Biroq o‘qish va haydovchilik guvohnomasini olish oson emas (va arzon ham emas). 20-yanvardan Yagona imtihon markazida imtihon topshirish narxi oshirildi. Biz tayyorlagan infografikada yengil avtomobillar haydovchilari uchun yangilangan narxlar bilan qo‘llanma keltirilgan.Haydovchilik maktabini tanlashga jiddiy yondashish zarur. Maktab xususiy yoki davlatga qarashli bo‘lishi mumkin. Uning O‘zbekiston IIV YHXX tomonidan akkreditatsiya qilingan va tegishli litsenziyalarga ega bo‘lishi muhim. Keyingi o‘rinda narx masalasi bo‘lib, u juda katta farq qiladi va hozirda 8-10 million so‘mga yetadi.2022 yildan boshlab Toshkent aholisi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni faqat Yagona imtihon markazida topshirishi mumkin.Bu yerda imtihonlar inson aralashuvisiz avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali o‘tkazilishi va baholanishi bilan ajralib turadi.Agar nomzod 25 daqiqa ichida 18 tadan ortiq savolga javob bersa, u keyingi bosqichga – amaliy testga o‘tishi mumkin bo‘ladi. Bu yerda avtodromda yo‘l harakati qoidalarini bilishini namoyish qilish kerak bo‘ladi, barcha xatolar maxsus sensorlar va uskunalar orqali qayd etiladi.Yagona imtihon markazida nazariy imtihonni birinchi marta topshirish narxi — 1 mln so‘m, amaliy imtihon narxi — yana 1 mln so‘mni tashkil etadi.Agar siz birinchi marta imtihonlardan o‘ta olmagan bo‘lsangiz, 7 kundan keyin qayta topshirishingiz mumkin. Ikkinchi va keyingi urinishlar – har bir imtihon uchun 1,2 mln so‘m.Shuningdek, Yagona imtihon markazida maxsus kurslardan o‘tish mumkin (bu haydovchilik maktabining o‘rnini bosmaydi, lekin imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi). Nazariy bilimlar bo‘yicha ekspress-kurs (guruhda, 5 kunlik, har kuni 3 soat) 1,5 mln so‘m, amaliyot bo‘yicha (instruktor bilan 10 individual mashg‘ulot) esa 1 mln 950 ming so‘m.Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga sertifikatlar beriladi, ular haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun 1-yil davomida asos bo‘ladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47632732_69:0:2800:2048_1920x0_80_0_0_4c4df31addecfb66013491cc001bb4ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent prava haydovchilik guvohnomasi olish narx savollar tartib ma’lumot
toshkent prava haydovchilik guvohnomasi olish narx savollar tartib ma’lumot
Toshkentda haydovchilik guvohnomasini qanday olish mumkin?
20:00 20.01.2025 (yangilandi: 14:44 21.01.2025) Haydovchilik maktabiga qanday hujjatlarni olib borish kerak? Imtihon topshirish qancha turadi va birinchi martada imtihondan o‘tilmasa, nima qilish kerak? Guvohnomani qayerdan olish mumkin?
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Toshkentda har yili o‘z shaxsiy avtomobilida harakatlanishni xohlovchilar soni oshib bormoqda. Biroq o‘qish va haydovchilik guvohnomasini olish oson emas (va arzon ham emas). 20-yanvardan Yagona imtihon markazida imtihon topshirish narxi oshirildi. Biz tayyorlagan infografikada yengil avtomobillar haydovchilari uchun yangilangan narxlar bilan qo‘llanma keltirilgan.
Haydovchilik maktabini tanlashga jiddiy yondashish zarur. Maktab xususiy yoki davlatga qarashli bo‘lishi mumkin. Uning O‘zbekiston IIV YHXX tomonidan akkreditatsiya qilingan va tegishli litsenziyalarga ega bo‘lishi muhim. Keyingi o‘rinda narx masalasi bo‘lib, u juda katta farq qiladi va hozirda 8-10 million so‘mga yetadi.
2022 yildan boshlab Toshkent aholisi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni faqat Yagona imtihon markazida topshirishi mumkin.
Bu yerda imtihonlar inson aralashuvisiz avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali o‘tkazilishi va baholanishi bilan ajralib turadi.
Agar nomzod 25 daqiqa ichida 18 tadan ortiq savolga javob bersa, u keyingi bosqichga – amaliy testga o‘tishi mumkin bo‘ladi. Bu yerda avtodromda yo‘l harakati qoidalarini bilishini namoyish qilish kerak bo‘ladi, barcha xatolar maxsus sensorlar va uskunalar orqali qayd etiladi.
Yagona imtihon markazida nazariy imtihonni birinchi marta topshirish narxi — 1 mln so‘m, amaliy imtihon narxi — yana 1 mln so‘mni tashkil etadi.
Agar siz birinchi marta imtihonlardan o‘ta olmagan bo‘lsangiz, 7 kundan keyin qayta topshirishingiz mumkin. Ikkinchi va keyingi urinishlar – har bir imtihon uchun 1,2 mln so‘m.
Shuningdek, Yagona imtihon markazida maxsus kurslardan o‘tish mumkin (bu haydovchilik maktabining o‘rnini bosmaydi, lekin imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi). Nazariy bilimlar bo‘yicha ekspress-kurs (guruhda, 5 kunlik, har kuni 3 soat) 1,5 mln so‘m, amaliyot bo‘yicha (instruktor bilan 10 individual mashg‘ulot) esa 1 mln 950 ming so‘m.
Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga sertifikatlar beriladi, ular haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun 1-yil davomida asos bo‘ladi.