https://oz.sputniknews.uz/20250119/pokiston-farmatsevtika-ozbekiston-biotexnologik-dori-47612356.html
Pokistonning farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda biotexnologik dorilar ishlab chiqarmoqchi
Pokistonning farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda biotexnologik dorilar ishlab chiqarmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning "Getz Pharma" farmatsevtika kompaniyasi rahbari Xalid Mahmud bilan uchrashuv o‘tkazdi. 19.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-19T12:30+0500
2025-01-19T12:30+0500
2025-01-19T12:30+0500
iqtisod
o‘zbekiston
pokiston
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/180/68/1806860_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_ca598505104b91e08c6a16211d7837e0.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Pokistonning farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda biotexnologik dori vositalari ishlab chiqaradi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning "Getz Pharma" farmatsevtika kompaniyasi rahbari Xalid Mahmud bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish, mamlakatda dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.Xalid Mahmud O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar biznes yuritish sohasida ham yangi imkoniyatlarni ochayotganini, bu esa xorijiy investitsiyalar oqimining oshishiga zamin yaratayotganini qayd etdi.U yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanish maqsadida "Getz Pharma" rahbari "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasteri hududida biotexnologik dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonani bunyod etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishganini, u 2029-yilda to‘liq ishga tushirilishini ma’lum qildi.Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shu jumladan, Karachi shahrida qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni birgalikda tashkil etish masalalari ham kelishib olindi.
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/180/68/1806860_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_8404aa6f77b0e27379b2cfae3c223931.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, pokiston, dori
iqtisod, o‘zbekiston, pokiston, dori
Pokistonning farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda biotexnologik dorilar ishlab chiqarmoqchi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning "Getz Pharma" farmatsevtika kompaniyasi rahbari Xalid Mahmud bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Pokistonning farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda biotexnologik dori vositalari ishlab chiqaradi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning "Getz Pharma" farmatsevtika kompaniyasi rahbari Xalid Mahmud bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish, mamlakatda dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Xalid Mahmud O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar biznes yuritish sohasida ham yangi imkoniyatlarni ochayotganini, bu esa xorijiy investitsiyalar oqimining oshishiga zamin yaratayotganini qayd etdi.
“Tadbirkor yurtimizda farmatsevtika sohasi taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, tarmoqning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini yanada oshirish uchun xalqaro standartlar tizimlari, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sertifikatini joriy etish, JSST tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarni yaratish zarurligini qayd etdi. Xalid Mahmud bu borada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik qilish va tajriba almashishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
U yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanish maqsadida "Getz Pharma" rahbari "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasteri hududida biotexnologik dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonani bunyod etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishganini, u 2029-yilda to‘liq ishga tushirilishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shu jumladan, Karachi shahrida qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni birgalikda tashkil etish masalalari ham kelishib olindi.