Netanyaxu G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish shartini aytdi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Mediabankka o‘tishFlag Izrailya
Flag Izrailya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2025
Obuna bo‘lish
Netanyaxu: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish garovga olinganlar ro‘yxatisiz boshlanmaydi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish Falastin harakati HAMAS ozod etilishi kerak bo‘lgan garovga olinganlar ro‘yxatini topshirmaguncha kuchga kirmaydi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bosh vazir Binyamin Netanyaxu ozod etilishi kutilayotgan o‘g‘irlanganlar ro‘yxatini olish kechikishi ortidan bir kechada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni baholadi. Bosh vazir Isroil mudofaa kuchlariga soat 08:30 da kuchga kirishi rejalashtirilgan sulh Isroilga HAMAS taqdim etish majburiyatini olgan garovga olinganlar ro‘yxatini olmaguncha boshlanmasligi haqida ko‘rsatma berdi”, — deyiladi xabarda.
Ynet portalining yozishicha, HAMAS texnik sabablarga ko‘ra garovga olinganlar ro‘yxatini topshirishni kechiktirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0