https://oz.sputniknews.uz/20250119/malayziya-ozbekiston-ayoqsh-transport-logistika-infratuzilma-47611436.html
Malayziya O‘zbekistonda AYoQShlar tarmog‘i va transport-logistika infratuzilmasini yaratmoqchi
Malayziya O‘zbekistonda AYoQShlar tarmog‘i va transport-logistika infratuzilmasini yaratmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz” va "Five Petroleum" kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 19.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-19T09:55+0500
2025-01-19T09:55+0500
2025-01-19T09:55+0500
iqtisod
o‘zbekiston
malayziya
hamkorlik
ayoqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/08/21253757_0:143:3133:1905_1920x0_80_0_0_80fe4f27df4178371012b73274476c24.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Malayziyaning yoqilg‘i quyish shoxobchalari ochilishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va Malayziyaning "Five Petroleum" kompaniyasi bosh direktori o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qilindi.Uchrashuvda O‘zbekistonda "Five Petroleum" brendi ostida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish masalasi muhokama qilindi.Aytilishicha, asosiy e’tibor mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni joriy etishga qaratildi. Shuningdek, tomonlar Malayziya kompaniyasining mamlakat hududlarida transport-logistika infratuzilmasini yaratish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishdi.Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning iyul oyida O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "FIVE Petroleum Malaysia" kompaniyasi asoschisi va bosh direktori King Lim Chin Fui bilan uchrashgan edi. Unda “Malayziya tomoni bilan Toshkent shahri va keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihani amalga oshirish ishlarini boshlashga kelishib olingan.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/08/21253757_200:0:2931:2048_1920x0_80_0_0_535803cd4ad36765699d15e0838bb3cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, malayziya, hamkorlik, ayoqsh
iqtisod, o‘zbekiston, malayziya, hamkorlik, ayoqsh
Malayziya O‘zbekistonda AYoQShlar tarmog‘i va transport-logistika infratuzilmasini yaratmoqchi
“O‘zbekneftgaz” va "Five Petroleum" kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Malayziyaning yoqilg‘i quyish shoxobchalari ochilishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va Malayziyaning "Five Petroleum" kompaniyasi bosh direktori o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda
ma’lum qilindi. Uchrashuvda O‘zbekistonda "Five Petroleum" brendi ostida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish masalasi muhokama qilindi.
“Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va respublika yoqilg‘i-energetika sektori uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarni rivojlantirishga kelishib oldilar”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, asosiy e’tibor mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni joriy etishga qaratildi. Shuningdek, tomonlar Malayziya kompaniyasining mamlakat hududlarida transport-logistika infratuzilmasini yaratish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning iyul oyida O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "FIVE Petroleum Malaysia" kompaniyasi asoschisi va bosh direktori King Lim Chin Fui bilan uchrashgan edi. Unda “Malayziya tomoni bilan Toshkent shahri va keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihani amalga oshirish ishlarini boshlashga
kelishib olingan.