O‘zbekistonda qanday noyob tarixiy tangalar saqlanadi — foto
O‘zbekistonda qanday noyob tarixiy tangalar saqlanadi — foto
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida saqlanadigan 2500 tadan ortiq tangadan iborat noyob kolleksiya Markaziy Osiyo tarixining ko‘p asrlik rivojlanishini namoyon etadi. U Ahamoniylar davridan to Temuriylar hukmronligi va keyingi sulolalargacha bo‘lgan davrlarning iqtisodiy va madaniy rivojlanishini aks ettiradi.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida saqlanadigan 2500 tadan ortiq tangadan iborat noyob kolleksiya Markaziy Osiyo tarixining ko‘p asrlik rivojlanishini namoyon etadi. U Ahamoniylar davridan to Temuriylar hukmronligi va keyingi sulolalargacha bo‘lgan davrlarning iqtisodiy va madaniy rivojlanishini aks ettiradi.Tanganing ilk qadamlariMarkaziy Osiyoda ilk metall tangalar miloddan avvalgi V-IV asrlarda paydo bo‘ldi. Darik va sikllar hamda Iskandar Zulqarnayn tetradraxmalari hududga Ahamoniylar va ellin madaniyatining ta’siri bilan kirib keldi.Mustaqil pul zarbi shakllanishiMiloddan avvalgi II asrda mahalliy hukmdorlar Baqtriya, So‘g‘d va Xorazmda o‘z tangalarini zarb qilishni boshladi. Bu hududning mustaqil monetar tizimlarining boshlanishi bo‘ldi.O‘rta asrlarda tangalarning gullab-yashnashiBuyuk Ipak yo‘li orqali rivojlangan savdo munosabatlari tovar va pul aylanishini jadallashtirdi. V-VIII asrlarda O‘zbekistonning hozirgi hududidagi ko‘plab shaharlar va viloyatlar o‘z tangalarini zarb qila boshladi. Arablarning VIII asrdagi zabt etishidan keyin tangalarda islomiy ramzlar va arab yozuvlari paydo bo‘ldi.Temuriylar va renessans davriXV asrda Shohrux, Ulug‘bek, Abu Said va Husayn Bayqaro kabi Temuriy hukmdorlar o‘z tangalarini zarb qildilar, ular hozirgi O‘zbekistonning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining yuksalishini aks ettiradi.Noyob tarixiy tangalar — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.O‘zbekistonning numizmatik kolleksiyasi — bu boy tarixga oid sahifalar yig‘indisi. Har bir tanga Markaziy Osiyoning ko‘p asrlik tarixi, madaniyati va iqtisodiyotini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Ahamoniylar davridan to Temuriylar hukmronligi va keyingi sulolalargacha bo‘lgan davrlarning tangalari bor.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida saqlanadigan 2500 tadan ortiq tangadan iborat noyob kolleksiya Markaziy Osiyo tarixining ko‘p asrlik rivojlanishini namoyon etadi. U Ahamoniylar davridan to Temuriylar hukmronligi va keyingi sulolalargacha bo‘lgan davrlarning iqtisodiy va madaniy rivojlanishini aks ettiradi.
Tanganing ilk qadamlari
Markaziy Osiyoda ilk metall tangalar miloddan avvalgi V-IV asrlarda paydo bo‘ldi. Darik va sikllar hamda Iskandar Zulqarnayn tetradraxmalari hududga Ahamoniylar va ellin madaniyatining ta’siri bilan kirib keldi.
Mustaqil pul zarbi shakllanishi
Miloddan avvalgi II asrda mahalliy hukmdorlar Baqtriya, So‘g‘d va Xorazmda o‘z tangalarini zarb qilishni boshladi. Bu hududning mustaqil monetar tizimlarining boshlanishi bo‘ldi.
"Tanga bu faqat pul emas, balki o‘z davrining madaniyati va iqtisodiyotini yoritib beruvchi tarixiy yodgorlikdir", — deydi san’atshunos Saodat Ro‘ziyeva.
O‘rta asrlarda tangalarning gullab-yashnashi
Buyuk Ipak yo‘li orqali rivojlangan savdo munosabatlari tovar va pul aylanishini jadallashtirdi. V-VIII asrlarda O‘zbekistonning hozirgi hududidagi ko‘plab shaharlar va viloyatlar o‘z tangalarini zarb qila boshladi. Arablarning VIII asrdagi zabt etishidan keyin tangalarda islomiy ramzlar va arab yozuvlari paydo bo‘ldi.
Temuriylar va renessans davri
XV asrda Shohrux, Ulug‘bek, Abu Said va Husayn Bayqaro kabi Temuriy hukmdorlar o‘z tangalarini zarb qildilar, ular hozirgi O‘zbekistonning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining yuksalishini aks ettiradi.
Temuriylar tangalari (milodiy XV asr): Shohruh, Ulug‘bek, Abusaid, Husayn Bayqaro.
O‘zbekistonning numizmatik kolleksiyasi — bu boy tarixga oid sahifalar yig‘indisi. Har bir tanga Markaziy Osiyoning ko‘p asrlik tarixi, madaniyati va iqtisodiyotini chuqurroq tushunish imkonini beradi.