https://oz.sputniknews.uz/20250117/toshkent-bosh-47598735.html
Toshkent 2045: yangi bosh rejada nimalar o‘zgardi — video
Toshkent 2045: yangi bosh rejada nimalar o‘zgardi — video
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrining 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasidagi asosiy o‘zgarishlar va maqsadlar haqida Toshkent shahri qurilishi direksiyasining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Saidazim Sharipov so‘zlab berdi.
2025-01-17T18:56+0500
2025-01-17T18:56+0500
2025-01-17T19:21+0500
video
toshkent
transport
jamiyat
matbuot markazi video
matbuot markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/11/47595253_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_b0b567fe48c9b9f54f85158b7c56eb49.jpg.webp
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent shahrining 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasidagi asosiy o‘zgarishlar va maqsadlar haqida Toshkent shahri qurilishi direksiyasining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Saidazim Sharipov so‘zlab berdi.Unga ko‘ra, Toshkentning yangi bosh rejasi raqamli bo‘lib, u hamma tanishishi uchun ochiq bo‘ladi. Shuningdek, loyiha shahardagi yashil maydonlar hududini 2,5 baravar oshirishni maqsad qilgan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston hukumati Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqlagan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/11/47595253_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_9195f88d6f7f1c2ae8c9c7f9cf452b78.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent bosh reja ma’lumot
toshkent bosh reja ma’lumot
Toshkent 2045: yangi bosh rejada nimalar o‘zgardi — video
18:56 17.01.2025 (yangilandi: 19:21 17.01.2025) Eksklyuziv
Loyihaviy muddatda, ya’ni 2045-yilga qadar Toshkent 7 mln aholi yashashi uchun qulay manzilga aylanishi kerak.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent shahrining 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasidagi asosiy o‘zgarishlar va maqsadlar haqida Toshkent shahri qurilishi direksiyasining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Saidazim Sharipov so‘zlab berdi.
Unga ko‘ra, Toshkentning yangi bosh rejasi raqamli bo‘lib, u hamma tanishishi uchun ochiq bo‘ladi.
“Bosh rejaning asosiy tamoyillaridan biri — 15 daqiqalik shahar konsepsiyasi. Unda jamoat transporti, metro va metrobuslar tirbandligidan qat’i nazar, to‘siqlarsiz harakatlanadi. Biz ana shunday yo‘laklarni belgilab oldik. Buning natijasida Toshkentning tezurar jamoat transporti bilan qoplanish darajasi 90 foizdan oshadi”, — dedi mutaxassis.
Shuningdek, loyiha shahardagi yashil maydonlar hududini 2,5 baravar oshirishni maqsad qilgan.
“Toshkent shahridagi yashil hududlar maydonini odam boshiga minimal jahon standarti darajasi — 8 kv.metrga olib chiqishni maqsad qilganmiz. Hozir - 3 m.kv. Loyihaviy muddatda, ya’ni 2045-yilga qadar Toshkent 7 mln aholi yashashi uchun qulay manzilga aylanishi kerak", - deydi Sharipov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston hukumati Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqlagan edi.