Rossiya va Eron keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasi imzoladi

© POOL / Mediabankka o‘tishRossiya va Eron strategik sheriklik shartnomasi imzoladi
Rossiya va Eron strategik sheriklik shartnomasi imzoladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Obuna bo‘lish
Ushbu shartnoma ikki davlatning harbiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi munosabatlarini kelgusi 20-yil davomida belgilaydi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon bugun Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Keng qamrovli strategik sheriklik to‘risidagi shartnoma imzolashdi.
© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishRossiya va Eron strategik sheriklik shartnomasi imzoladi
Vstrecha prezidenta RF V. Putina i prezidenta Irana M. Pezeshkiana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Rossiya va Eron strategik sheriklik shartnomasi imzoladi
Shartnomaning asosiy bandlari:
️Tomonlardan biriga hujum qilinsa, ikkinchisi tajovuzkorga hech qanday yordam bermasligi kerak.
️Rossiya va Eron harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi va buni global xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi deb hisoblaydi.
️Mamlakatlar qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yaqindan hamkorlik qiladi.
️Moskva va Tehron uchinchi davlatlarning bir-biriga qarshi sanksiyalariga qo‘shilmaydi va bir tomonlama majburlov choralari qo‘llamaydi.
️Rossiya va Eron mustaqil to‘lov tizimi yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
️Moskva va Tehron qurollarni nazorat qilish, qurolsizlantirish va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.
️Moskva va Tehron dezinformatsiya va salbiy targ‘ibotga qarshi OAVlar orasida hamkorlikni rivojlantiradi.
Shartnoma ikki davlat munosabatlarini kelgusi 20-yil davomida belgilovchi asosiy hujjat bo‘ladi.
© POOL / Mediabankka o‘tishRossiya va Eron prezidentlarining Kremldagi uchrashuvi
Vstrecha prezidenta RF V. Putina i prezidenta Irana M. Pezeshkiana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Rossiya va Eron prezidentlarining Kremldagi uchrashuvi
“Ishonchim komilki, bugunimzolangan, ikki davlat faoliyatining barcha sohalari, jumladan, madaniyat, iqtisodiyot, gumanitar aloqalarni qamrab olgan yirik shartnomamiz, ikki tomonlama munosabatlar rivojiga katta turtki beradi va oldinga siljish uchun mustahkam poydevor bo‘ladi”, — dedi Pezeshkiyon.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ushbu shartnoma bugungi kunda yuqori darajada bo‘lgan Rossiya-Eron savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdi.
© POOL / Mediabankka o‘tishPutin Eron prezidentiga Kreml haqida hikoya qilib berdi
Vstrecha prezidenta RF V. Putina i prezidenta Irana M. Pezeshkiana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Putin Eron prezidentiga Kreml haqida hikoya qilib berdi
Shuningdek, Pezeshkiyo Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralar Erondagi Busher atom elektr stansiyasini qurishni yakunlash bo‘yicha kelishuvlarni yakunlashda yordam berishiga umid bildirdi.
Putin, o‘z navbatida, Moskva va Tehron energetika sohasida, jumladan, atom energetikasida yangi qo‘shma loyihalarni boshlashi mumkinligini aytdi.
Eron janubidagi Busher atom elektr stansiyasi qurilishi 1975-yilda G‘arbiy Germaniya konserni tomonidan boshlangan, biroq 1979-yilda Islom inqilobi boshlanganidan keyin to‘xtatilgan. 1992-yil 25-avgustda Rossiya va Eron o‘rtasida stansiya qurilishini davom ettirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

AESning birinchi bosqichi 2011-yil sentabrida ishga tushgan. Ikkinchi va uchinchi bosqichlari 2025 va 2027-yillarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishEron prezidenti Masud Pezeshkiyon Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi
Prezident Irana M. Pezeshkian vozlojil sveti k Mogile Neizvestnogo Soldata  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi
Yangiliklar lentasi
0