Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatida barcha yo‘nalishlarda hujum qilmoqda

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota raschetov gaubis D-30 v zone SVO
Boyevaya rabota raschetov gaubis D-30 v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Obuna bo‘lish
Yanvar davomida Aleksandriya, Leonidovo, Russkoe Porechnoe va Kruglenkoe aholi punktlari ozod qilindi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatida barcha yo‘nalishlarda hujum olib bormoqda, dushman katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda va orqaga chekinmoqda, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Umuman olganda, bugungi kunga qadar dastlab dushman tomonidan bosib olingan (1268 km. kv.) hududning 63,2 foizi (801 km kv) ozod qilindi.
Yanvar oyining 2 haftasi davomida Rossiya qo‘shinlari Aleksandriya, Leonidovo, Russkoe Porechnoe va Kruglenkoe aholi punktlarini ozod qilishdi.
Ayniqsa, “Axmat” bo‘linmalari, 42 moto-o‘qchi diviziya va Havo-desant kuchlarining 106- diviziyasining qo‘shma harakatlari dushmanga katta talofatlar keltirdi, deyiladi hisobotda.
Yanvar oyida ushbu yo‘nalishida Ukraina armiyasi 5,6 mingdan ortiq shaxsiy tarkibi va 570 ta harbiy texnikasini yo‘qotdi.
Umumiy hisobda, Kursk viloyatidagi janglarda dushmanning 52 450 nafar askari, 304 ta tanki, 231 ta BMPsi, 173 ta zirhli transport vositasi, 1562 zirhli jangovar mashinlari, 1493 ta avtomobili, 371 ta artilleriya qurollari hamda 44 ta reaktiv tizimlarini yo‘q qilindi. Jumladan, 13 ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS va 6 ta MLRS va boshqa texnikalar.
Soldat Natsionalnoy gvardii Ukraini zaxodit v podzemnoe ubejishe na pozitsii pod Xarkovom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Yaralanganimga qaramay, safdoshlarim tashlab ketdi” — ukrain askari
Yangiliklar lentasi
0