Prezidentga kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar taqdim etildi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentga kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora tadbirlar taklif qilindi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
2025 yil ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘ladi, dedi prezident.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdim etildi.
Rejaga ko‘ra, 2025-yilda 5,2 million fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan.
Rejaga ko‘ra, 2025-yilda 5,2 million fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan.
Buning uchun quyidagi ishlar rejalashtirilgan:
mahalla banklari bilan birga 1,5 million aholi doimiy ishga joylashtiriladi, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion so‘m kredit ajratiladi;
300 ta og‘ir mahallada umumiy quvvati 107 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Ularga kambag‘al oilalar a’zolari kooperatsiya asosida ishga olinadi;
123 ta tumanda kambag‘al aholi 20 ming gektar o‘rmon va ko‘chatzor barpo etish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etiladi. Ular ekkan har 100 ta daraxt uchun 375 ming so‘m subsidiya to‘lanadi;
turizm salohiyati bor joylarda mehmon uylari va oshxonalar, muayan pochta bo‘limlarida elektron tijorat markazlari ochilib, kambag‘al oila vakillari ishga olinadi;
chekka hududlardagi, og‘ir toifadagi qishloqlarga alohida e’tibor qaratiladi;
har bir loyiha, har bir chora-tadbir elektron platformaga kiritilib, yaratilgan ish o‘rinlari soliq bazasida tekshirilishi belgilandi.
Shuningdek, mahalliy hokimlik xodimlari va “mahalla yettiligi” uchun o‘quvlar tashkil etish, yaxshi tajribalarni targ‘ib qilish, aholi orasida ishchanlik ruhini targ‘ib qilib boqimandalikni kamaytirish muhimligi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentga kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora tadbirlar taklif qilindi

Prezidentga kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora tadbirlar taklif qilindi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana