https://oz.sputniknews.uz/20250117/harbiy-xizmatchilar-tavsiyanoma-47592021.html
Harbiy xizmatchilarga tavsiyanoma berish uchun testlar qanday o‘tadi
Harbiy xizmatchilarga tavsiyanoma berish uchun testlar qanday o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Harbiy xizmatchilarga har bir to‘g‘ri javob uchun jangovar tayyorgarlik bo‘yicha 1,2 balldan, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha – 1,1 balldan, matematika, fizika va mantiqiy savollar bo‘yicha – 1 balldan beriladi.Test sinovlarini o‘tkazishning umumiy vaqti 3 soatni tashkil etadi.Test sinovlarida yetarli ball to‘plagan harbiy xizmatchilar Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tavsiyanoma olishi mumkin. Bunda harbiy xizmatchining intizomi ham inobatga olinadi.
2025-01-17T13:54+0500
2025-01-17T13:54+0500
2025-01-17T13:54+0500
o‘zbekiston
qurolli kuchlar
test sinovlari
imtihon
jamiyat
harbiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/11/47592421_0:65:1280:785_1920x0_80_0_0_3403ca58bb95837a51d8763780433822.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Muddatli harbiy xizmatchilar tavsiyanoma olishi uchun test sinovlari haqida Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Otabek Norboyev batafsil ma’lumot berdi.Unga ko‘ra, sinovlar 2025-yilning 20-25 yanvar kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.Harbiy xizmatchilarga har bir to‘g‘ri javob uchun jangovar tayyorgarlik bo‘yicha 1,2 balldan, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha – 1,1 balldan, matematika, fizika va mantiqiy savollar bo‘yicha – 1 balldan beriladi.Test sinovlarini o‘tkazishning umumiy vaqti 3 soatni tashkil etadi.Test sinovlarida yetarli ball to‘plagan harbiy xizmatchilar Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tavsiyanoma olishi mumkin. Bunda harbiy xizmatchining intizomi ham inobatga olinadi. Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga muvofiq, tavsiyanomaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball imtiyozi olishi mumkin. Shuningdek, OTMlar bakalavriatiga kirishda ham qabul parametrlaridan tashqari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/11/47592421_74:0:1206:849_1920x0_80_0_0_08338324c802e2ca3761880b0191125a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
harbiy xizmatchilar tavsiyanoma olish tartibi test savollar sinov
harbiy xizmatchilar tavsiyanoma olish tartibi test savollar sinov
Harbiy xizmatchilarga tavsiyanoma berish uchun testlar qanday o‘tadi
Test sinovlarida yetarli ball to‘plagan harbiy xizmatchilar Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tavsiyanoma olishi mumkin.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Muddatli harbiy xizmatchilar tavsiyanoma olishi uchun test sinovlari haqida Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Otabek Norboyev batafsil ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, sinovlar 2025-yilning 20-25 yanvar kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
"Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 tadan iborat bo‘lib, ulardan 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi –fizika va qolgan 20 tasi – mantiqiy savollar", - deyiladi xabarda.
Harbiy xizmatchilarga har bir to‘g‘ri javob uchun jangovar tayyorgarlik bo‘yicha 1,2 balldan, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha – 1,1 balldan, matematika, fizika va mantiqiy savollar bo‘yicha – 1 balldan beriladi.
Test sinovlarini o‘tkazishning umumiy vaqti 3 soatni tashkil etadi.
Test sinovlarida yetarli ball to‘plagan harbiy xizmatchilar Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tavsiyanoma olishi mumkin. Bunda harbiy xizmatchining intizomi ham inobatga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga muvofiq, tavsiyanomaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball imtiyozi olishi mumkin.
Shuningdek, OTMlar bakalavriatiga kirishda ham qabul parametrlaridan tashqari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.