https://oz.sputniknews.uz/20250116/ozbekiston-eksport-erkin-iqtisodiy-zona-47582352.html
O‘zbekistonda faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi
O‘zbekistonda faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi. 16.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-16T18:00+0500
2025-01-16T18:00+0500
2025-01-16T18:00+0500
iqtisod
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
eksport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/12/45718480_0:253:2741:1794_1920x0_80_0_0_c83cbde9780f85b66cfab56a06d187c1.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi 22 ta erkin iqtisodiy zonada ishga tushgan 589 ta korxona o‘tgan yili 42 trillion so‘mlik mahsulot chiqargan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bor-yo‘g‘i 16 foizi yuqori texnologiyali tovarlar hisoblanadi. Mahsulotlarning atigi 18 foizi tashqi bozorlarga sotilgan, 372 ta korxona umuman eksport qilmagan.Erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga qarab imtiyoz olmoqda. Lekin bu mablag‘lar tannarxni pasaytirish, eksportga chiqish uchun xizmat qilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqib, ularni eksportga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.Mutasaddilarga xorijiy investorlarni topib, mavjud iqtisodiy zonalarning bo‘sh hududlarida texnopark tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/12/45718480_5:0:2734:2047_1920x0_80_0_0_9eb81904520f451405f6073baf638192.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, eksport
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, eksport
O‘zbekistonda faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi
Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining
Telegram-kanalida. Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi 22 ta erkin iqtisodiy zonada ishga tushgan 589 ta korxona o‘tgan yili 42 trillion so‘mlik mahsulot chiqargan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bor-yo‘g‘i 16 foizi yuqori texnologiyali tovarlar hisoblanadi. Mahsulotlarning atigi 18 foizi tashqi bozorlarga sotilgan, 372 ta korxona umuman eksport qilmagan.
Erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga qarab imtiyoz olmoqda. Lekin bu mablag‘lar tannarxni pasaytirish, eksportga chiqish uchun xizmat qilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
“Shu bois, endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi belgilandi. Ushbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xorijiy tajribada ham bu o‘zini oqlagani ta’kidlandi. Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi”, — deyiladi xabarda.
Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqib, ularni eksportga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.
"O‘tgan yilda yangi yondashuv asosida 12 ta texnopark xorijiy korxonalar boshqaruviga berildi. Ushbu hududlarda 2,5 milliard dollarlik 27 ta loyiha joylashtirildi. Bunday texnoparklar Turkiya kompaniyalari bilan Zangiotada, Tatariston bilan Karmanada, Xitoy bilan Andijon, Karmana tumanlari, Olmaliq, Chirchiq, Zarafshon, Qo‘qon va Toshkent shahrida tashkil qilinmoqda", — deyilgan xabarda.
Mutasaddilarga xorijiy investorlarni topib, mavjud iqtisodiy zonalarning bo‘sh hududlarida texnopark tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.