Mirziyoyev BAA vitse-prezidentlari va bosh vazir bilan uchrashdi
09:05 16.01.2025 (yangilandi: 10:29 16.01.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana provel vstrechu s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi yakunlandi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) rasmiy tashrifi doirasida Dubayda BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda oliy darajadagi muzokaralar samarali bo‘lgani hamda O‘zbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘targani yuqori baholandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana provel vstrechu s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE

Prezident Uzbekistana provel vstrechu s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash kabi sohalarda faol muloqotlar va samarali hamkorlik olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, BAAdagi sheriklar bilan O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana provel vstrechu s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE

Prezident Uzbekistana provel vstrechu s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Dubayning ilg‘or yechimlarini shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ko‘p qirrali hamkorlik va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Vitse-prezidentom Obyedinennix Arabskix Emiratov Sheyxom Mansurom Al Naxayanom.

Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Vitse-prezidentom Obyedinennix Arabskix Emiratov Sheyxom Mansurom Al Naxayanom.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uchrashuvda o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uy-joy va transport infratuzilmasi, energetika, tog‘-kon sanoati, shaharsozlik, raqamlashtirish va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi. Sun’iy intellekt borasida, shu jumladan soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbolli yo‘nalish sifatida belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga keldi.