O‘zbekiston va BAA o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi — hamkorga aylangan kompaniyalar

© IA "Dunyo"V Abu-Dabi sostoyalas seremoniya podpisaniya rada dvustoronnix dokumentov po realizatsii sovmestnix proyektov
V Abu-Dabi sostoyalas seremoniya podpisaniya rada dvustoronnix dokumentov po realizatsii sovmestnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2025
Obuna bo‘lish
2024 yilda 1,5 milliard dollardan ortiq BAA investitsiyalari o‘zlashtirildi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasida 15 ta hamkorlik hujjati imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Abu-Dabida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhail Mohamed Al Mazrui boshchilik qildi.
“2021 yildan buyon BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi yiliga o‘rtacha 20 foizdan ko‘proqqa oshib bormoqda va 2024-yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 650 millionga yetdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda BAA kapitali ishtirokidagi 337 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 114 tasi qo‘shma korxona va 223 tasi 100% xorijiy korxonalardir. 2023-yilda O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga 1,08 milliard dollar, 2024-yilda esa 1,5 milliard dollardan ortiq BAA investitsiyalari o‘zlashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Birgalikda hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar an’anaviy va muqobil energiya, infratuzilma, kimyo sanoati, geologiya, IT, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarini qamrab oladi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston-BAA” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi. Uning investitsiya portfeli bugunga kelib tibbiyot, geologiya, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida umumiy qiymati 192,5 million dollar bo‘lgan 7 ta loyihani tashkil etmoqda. 140 million dollarlik 9 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.
“Biroq erishilgan natijalar ikki davlatning iqtisodiy salohiyatini umuman aks ettirmaydi, shu bois hamkorlik hajmini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha kompleks choralar ko‘rilmoqda. Bugun imzolanayotgan hujjatlar ana shunday qadamlardan biridir. Bu 15 ta kelishuv vazirlik va idoralar, ishbilarmon doiralar tomonidan birgalikda olib borilgan sa’y-harakatlarning mevasi bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi sarmoyaviy hamkorlik tarixida yangi sahifa ochmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Marosimda “AMEA Power”, “Masdar”, “Solar Power Shine”, “M42”, “Burjeel” Holdings”, “IFFCO Group”, “TWS”, “Alserkal Group”, “Metito”, “AD Ports”, “Jetex”, “Emirates Group” va boshqa kompaniyalar bilan energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, suv ta’minoti, transport, logistika sohalarida investitsiya bitimlari va shartnomalar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2025
Mirziyoyev BAAga jo‘nab ketdi — prezident qanday tadbirlarda ishtirok etadi?
Yangiliklar lentasi
0