Lavrov Rossiya TIV faoliyatining yillik natijalarini sarhisob qildi — video

Obuna bo‘lish
Anjumanda Rossiya va xorijiy davlatlarning eng yirik OAVlari ishtirok etdi.
TOShKENT, 14-yanvar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tashqi ishlar vazirligi faoliyatining 2024-yil natijalari hamda yangi yilda Rossiya tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yirik matbuot anjumani o‘tkazdi.
Matbuot anjumanida vazir dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, xususan, Ukraina va Yaqin Sharqdagi davom etayotgan mojarolar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga baho berishi kutilmoqda. Boshqa muhim mavzular, albatta, Suriya, Dnestrbo‘yi va Gruziyadagi vaziyat bo‘ladi. Lavrov Rossiyaning KXShT, BRIKS, ShHT va boshqa tuzilmalardagi hamkorlari bilan munosabatlari haqida ham fikr bildirdi.
Tadbirda rossiyalik va xorijlik jurnalistlar savollariga javoblar berildi.
Moderator — Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Yangiliklar lentasi
0