O‘zbekistonda harbiylar uchun qanday imtiyozlar bor?

© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanSovmestnie voyennie ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana v Termeze.
Sovmestnie voyennie ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana v Termeze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda harbiy xodimlar uchun imtiyozlar
O‘zbekistonda 14-yanvar har yili Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. Harbiy xodimlar uchun qonunchilikda qator imtiyozlar belgilangan. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.

Ta’lim sohasidagi imtiyozlar

OTMga kirish uchun tavsiyanoma:
Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, namunaviy intizom va yuqori natijalar ko‘rsatgan xizmatchilarga tavsiyanoma beriladi. Bu tavsiyanoma 3-yil mobaynida amal qiladi. Ushbu xizmatchilar:
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishda qo‘shimcha ball (50%) oladi.
OTM bakalavriatiga kirish uchun alohida kvotalar bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
Maktabgacha ta’lim:
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari davlat bog‘chalarida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda qabul qilinadi.
Halok bo‘lgan xizmatchilarning farzandlari:
Maktabgacha ta’limda bepul tarbiyalanishi, professional va oliy ta’limda davlat grantlari bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar bilan o‘qishi ta’minlanadi.

Ijtimoiy imtiyozlar

Turar joyga imtiyozlar:
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga 24 oygacha turar joy ijarasi uchun pul kompensatsiyasi beriladi.
10 yil va undan ortiq xizmat muddatiga ega bo‘lgan harbiylar turar joylarini bepul xususiylashtirish huquqiga ega.
Turar joy sotib olish yoki qurish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari taqdim etiladi (Bunda kreditning 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi).
Bepul transport xizmati:
Harbiy xizmatchilar shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanishlari mumkin (taksi xizmati bundan istisno).
● Yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar temir yo‘l xizmatidan yiliga bir marta bepul foydalanish huquqiga ega.

Tibbiy imtiyozlar

● Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari tibbiy muassasalarda bepul yordam olish huquqiga ega (bunda marhum harbiy xizmat o‘tagan idoralarning tibbiy muassalari nazarda tutiladi).
● Xizmat vaqtida radiatsiya obyektlarida bo‘lgan pensiya yoshidagi shaxslar dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanadi.

Mehnat ta’tili imtiyozlari

Kontrakt asosida xizmat qilayotgan harbiylar 10-yildan ortiq xizmat davomida qo‘shimcha ta’til olish huquqiga ega.

Soliq imtiyozlari

Harbiy xizmatchilar o‘z daromadlari va mukofotlari uchun daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
Halok bo‘lgan xizmatchilarning oila a’zolari uchun ham qo‘shimcha soliq imtiyozlari mavjud. Shuningdek, ular turar joyga muhtoj deb tan olinsa, turar joy bilan birinchi navbatda ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0