https://oz.sputniknews.uz/20250111/ozbekiston-rossiya-baliqchilik-47512083.html
O‘zbekiston va Rossiyaning baliqchilik sohasidagi hamkorligi muhokama qilindi
O‘zbekiston va Rossiyaning baliqchilik sohasidagi hamkorligi muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yildan boshlab O‘zbekiston uchun Rossiyaning maxsus iqtisodiy zonasida, Uzoq Sharq baliqchilik havzasida 20 ming tonna mintay va 5 ming tonna seld balig‘ini ovlashga kvota ajratiladi.
2025-01-11T14:32+0500
2025-01-11T14:32+0500
2025-01-11T14:42+0500
o‘zbekiston - rossiya
hamkorlik
baliq
kvota
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/11/42081956_0:140:3143:1908_1920x0_80_0_0_ff117292639278c0fea0dba489300039.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. 2025-yildan boshlab O‘zbekiston uchun Rossiyaning maxsus iqtisodiy zonasida, Uzoq Sharq baliqchilik havzasida 20 ming tonna mintay va 5 ming tonna seld balig‘ini ovlashga kvota ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Kecha, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Rossiya Federal baliqchilik agentligi rahbari o‘rinbosari Andrey Yakovlev bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot olib bordi.Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiyada baliqchilik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.O‘z navbatida, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi baliqchilik sohasidagi Qo‘shma komissiyaning 1-sessiyasining yakuniy bayonnomasini rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv yakunida tomonlar baliqchilik va akvakultura sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy, amaliy dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, baliqchilik tarmog‘i uchun kadrlar malakasini oshirish, mutaxassislarni tajriba almashinuvga yuborishga kelishib oldilar.
https://oz.sputniknews.uz/20241125/kamchatka-ozbekiston-baliq-mahsulot-morozova-46803042.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/11/42081956_207:0:2938:2048_1920x0_80_0_0_267cd31df3806590d35eaf689eb5eb67.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya baliqchilik
o‘zbekiston rossiya baliqchilik
O‘zbekiston va Rossiyaning baliqchilik sohasidagi hamkorligi muhokama qilindi
14:32 11.01.2025 (yangilandi: 14:42 11.01.2025) O‘zbekiston va Rossiyada baliqchilik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. 2025 yildan boshlab O‘zbekiston uchun Rossiyaning maxsus iqtisodiy zonasida, Uzoq Sharq baliqchilik havzasida 20 ming tonna mintay va 5 ming tonna seld balig‘ini ovlashga kvota ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Kecha, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Rossiya Federal baliqchilik agentligi rahbari o‘rinbosari Andrey Yakovlev bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot olib bordi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiyada baliqchilik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, Rossiya hukumati tomonidan Rossiyaning maxsus iqtisodiy zonasida, Uzoq Sharq baliqchilik havzasida 2025-yildan boshlab O‘zbekiston uchun 20 ming tonna mintay va 5 ming tonna seld balig‘ini ovlashga kvota ajratilishiga kelishildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi baliqchilik sohasidagi Qo‘shma komissiyaning 1-sessiyasining yakuniy bayonnomasini rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar baliqchilik va akvakultura sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy, amaliy dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, baliqchilik tarmog‘i uchun kadrlar malakasini oshirish, mutaxassislarni tajriba almashinuvga yuborishga kelishib oldilar.