https://oz.sputniknews.uz/20250111/import-xavfli-mahsulotlar-qaror-47509364.html
Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi — qaror
Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi — qaror
Sputnik O‘zbekiston
Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
2025-01-11T11:58+0500
2025-01-11T11:58+0500
2025-01-11T11:58+0500
o‘zbekiston
qaror
import
mahsulot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/05/41401971_0:158:3079:1890_1920x0_80_0_0_06dbab0c8b82f2a691e95fc666e0747e.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:O‘zbekiston hududiga belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega bo‘lishi shart:Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241216/rossiya-qishloq-xojaligi-mahsulotlar-ozbekiston-import-subsidiya-47125990.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/05/41401971_175:0:2904:2047_1920x0_80_0_0_f2120d676d36bb49126d722147cbad09.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
import xavfli mahsulotlar ro‘yxat qaror
import xavfli mahsulotlar ro‘yxat qaror
Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi — qaror
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxati;
O‘zbekistonga olib kirilishi taqiqlangan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxati;
Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar hamda chiqindilar ro‘yxati.
O‘zbekiston hududiga belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega bo‘lishi shart:
chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvchilar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroriy foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga;
chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qilishi, qayta ishlash yoki ulardan takroriy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan import qiluvchilar – mazkur chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish yuzasidan chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga.
Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.