Eron o‘zbekistonlik haydovchilar uchun yig‘imlarni kamaytirdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovProbka iz fur, arxivnoe foto
Probka iz fur, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Eron hududi orqali avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda undiriladigan yig‘im va to‘lovlar kamaytirildi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. 2025 yil 10-yanvardan Eron tomoni O‘zbekiston haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdorini 400 dollarga kamaytirdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bunga O‘zbekistonning eksport va import yuk tashuvlarini Eron hududi orqali rivojlantirish, Eronda milliy haydovchilardan undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni qisqartirish bo‘yicha Transport vazirligi qator tizimli ishlar olib borgani natijasida erishilgan.
Vazirlik Eron hududida O‘zbekiston milliy tashuvchilaridan undiriladigan yig‘imlarni yanada qisqartirish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Gruzovie furi na propusknom punkte Krasnaya gorka na magistrali M-1 na granitse Rossii i Belorussii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2024
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan yuk tashishni soddalashtiradi
Yangiliklar lentasi
0