https://oz.sputniknews.uz/20250108/pokiston-charm-sanoat-ozbekiston-yangi-loyihalar-47472957.html
Pokistonlik charm sanoati vakillari O‘zbekiston bilan yangi loyihalar ustida ishlamoqchi
Pokistonlik charm sanoati vakillari O‘zbekiston bilan yangi loyihalar ustida ishlamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Pokistonlik tadbirkorlar 2025-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga tashrif buyurishadi. 08.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-08T13:31+0500
2025-01-08T13:31+0500
2025-01-08T13:31+0500
iqtisod
o‘zbekiston
pokiston
elchi
o‘zcharmsanoat
poyabzal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31102602_0:124:1154:773_1920x0_80_0_0_8c570c51f76f0ecd14269ed4d01a48b2.jpg.webp
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Pokistonlik charm sanoati vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyor, deya xabar berdi “Dunyo” AA.O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (Pakistan Tanners Association – PTA) rahbariyati va a’zolari bilan uchrashdi. Biznes forumda 30 dan ortiq sohaning yetakchi kompaniya rahbarlari va mas’ul xodimlari qatnashdi.Unda O‘zbekiston va Pokiston tadbirkorlari ishtirokida terini qayta ishlash, charm mahsulotlari, jumladan tayyor kiyim-kechak, poyabzal, qo‘lqoplar, suvenirlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.Pokiston tomoni O‘zbekistonning turdosh tashkilot va uyushmalari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, ayrim sanoat quvvatlarini mamlakatga relokatsiya qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.O‘zbekiston elchisi PTA a’zolarini qo‘shma loyihalarning texnik shartlarini kelishish uchun Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlariga tashrif buyurishga taklif etdi. Pokistonlik tadbirkorlar 2025-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga borishini bildirdi.Tadbirda "O‘zcharmsanoat" uyushmasi rahbariyati va a’zolari 2025-yil 26-28 yanvar kunlari Lahor shahrida o‘tkaziladigan "Pakistan Mega Leather Show" xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etildi.
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31102602_89:110:958:761_1920x0_80_0_0_29129a040b90041a12a614275a9294d3.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, pokiston, elchi, o‘zcharmsanoat, poyabzal
iqtisod, o‘zbekiston, pokiston, elchi, o‘zcharmsanoat, poyabzal
Pokistonlik charm sanoati vakillari O‘zbekiston bilan yangi loyihalar ustida ishlamoqchi
Pokistonlik tadbirkorlar 2025-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Pokistonlik charm sanoati vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyor, deya xabar berdi
“Dunyo” AA. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (Pakistan Tanners Association – PTA) rahbariyati va a’zolari bilan uchrashdi. Biznes forumda 30 dan ortiq sohaning yetakchi kompaniya rahbarlari va mas’ul xodimlari qatnashdi.
Unda O‘zbekiston va Pokiston tadbirkorlari ishtirokida terini qayta ishlash, charm mahsulotlari, jumladan tayyor kiyim-kechak, poyabzal, qo‘lqoplar, suvenirlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
"Teriga ishlov berish va charm sanoati hozircha ishga solinmagan, biroq yaqin istiqbolda qo‘shma loyihalar uchun keng imkoniyatga ega tarmoq hisoblanadi. O‘zbekiston va Pokiston tadbirkorlarining bu boradagi sa’y-harakatlari yangi bozorlarga birgalikda kirib borish uchun poydevor bo‘ladi, o‘zaro savdo hajmlarini yangi turdagi nomenklaturalar hisobiga oshirishga xizmat qiladi", — dedi elchi.
Pokiston tomoni O‘zbekistonning turdosh tashkilot va uyushmalari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, ayrim sanoat quvvatlarini mamlakatga relokatsiya qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
O‘zbekiston elchisi PTA a’zolarini qo‘shma loyihalarning texnik shartlarini kelishish uchun Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlariga tashrif buyurishga taklif etdi. Pokistonlik tadbirkorlar 2025-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga borishini bildirdi.
"Mamlakatlarimiz o‘rtasida to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, kimyo va oziq-ovqat sohalarida hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Bu juda quvonarli. Shu bilan birga yangi tarmoqlarda, jumladan teri va charm mahsulotlari yo‘nalishida aloqalarni tizimli tashkil etish ikki davlat salohiyatidan unumli foydalanishga xizmat qiladi", — dedi uyushma prezidenti Hamid Arshad Zahur.
Tadbirda "O‘zcharmsanoat" uyushmasi rahbariyati va a’zolari 2025-yil 26-28 yanvar kunlari Lahor shahrida o‘tkaziladigan "Pakistan Mega Leather Show" xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etildi.