O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari chegarada uchrashdi

© Kabinet Ministrov Kirgizskoy RespublikiTroxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana
Troxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2025
Obuna bo‘lish
Uchrashuv uch davlat – Qirg‘izistonning Botken viloyati, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati davlat chegaralari tutashgan hududda bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qosimaliyev va Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Qirg‘iziston hukumati.
Uchrashuv uch davlat – Qirg‘izistonning Botken viloyati, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati davlat chegaralari tutashgan hududda bo‘lib o‘tdi.
© Kabinet Ministrov Kirgizskoy RespublikiTroxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana
Troxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2025
Troxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana
Qayd etilishicha, ushbu uchrashuv hamkorlik va mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash istagini doimo ta’kidlab kelayotgan uch mamlakat davlat rahbarlari o‘rtasida davlat chegarasi masalalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkazildi.
"Uch mamlakat bosh vazirlari savdo, logistika, suv-energetika va madaniy-gumanitar aloqalar kabi muhim yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyatlarga ega ekanini ta’kidlashdi. Ularning fikricha, transchegaraviy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamkorlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirish uchun vositaga aylanadi", — deyilgan xabarda.
© Kabinet Ministrov Kirgizskoy RespublikiTroxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana
Troxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2025
Troxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana
Bundan tashqari, uchrashuvda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya qilish va “Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi to‘g‘risida”gi shartnomaga ratifikatsiya yorliqlari almashish jarayoni yakunlangani aytildi. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi 2024-yil 4-dekabrdagi davlat chegarasi to‘g‘risidagi bitimda Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash jarayonini yakunlashning alohida ahamiyati qayd etilgan.
© Kabinet Ministrov Kirgizskoy RespublikiTroxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana
Troxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2025
Troxstoronnyaya vstrecha Glavi Kabineta Ministrov Kirgizstana, Premyer-ministra Uzbekistana i Premyer-ministra Tadjikistana
“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hukumat rahbarlari bugungi uchrashuv xalqlar va mamlakatlar farovonligi manfaatlaridan kelib chiqqan holda mintaqaning o‘nlab yillardagi taqdirini belgilab berishiga ishonch bildirishdi. Kelgusida bo‘lib o‘tadigan davlat rahbarlarining uchrashuvi qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Uzbekistan i Kirgizstan obsudili voprosi razvitiya gruzoperevozok na avtotransporte. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari rivojlantiriladi
Yangiliklar lentasi
0