https://oz.sputniknews.uz/20250106/qilichbozlik-ozbekiston-jahon-kubog-natijalar-47451260.html
O‘zbekistonlik qilichbozlar Kolumbiyadagi Jahon kubogi bosqichini yuqori notada yakunlashdi
O‘zbekistonlik qilichbozlar Kolumbiyadagi Jahon kubogi bosqichini yuqori notada yakunlashdi
Sputnik O‘zbekiston
Kolumbiyada sablya va BAAda rapira yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda. 06.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-06T13:16+0500
2025-01-06T13:16+0500
2025-01-06T13:16+0500
sport
o‘zbekiston
kolumbiya
baa
qilichbozlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/07/47465395_0:107:1280:827_1920x0_80_0_0_cabcef53a97179a076423b88a4e720c0.jpg
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik qilichbozlar uchun sablya va rapira yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan Jahon kubogi muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi. Sablyachilar Kolumbiyadagi Jahon kubogini oltita medal bilan tugatishdi.Qizlar finalda meksikalik tengqurlarini 45:20, yigitlar esa mezbonlarni 45:28 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratishdi. Shu tariqa, yakkalik bahslari bilan hisoblaganda sportchilar ushbu musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.Eslatib o‘tamiz, Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Kolumbiyada sablya va BAAda rapira yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan Jahon kubogining birinchi bosqich bellashuvlarida ishtirok etishmoqda. Qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Samira Shokirova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Rapira bahslarida esa yigitlardan biroz omad yuz o‘girdi. Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bellashuvlari yigitlar uchun omadli o‘tdi va ular barcha turdagi medallarga egalik qilishdi. Shuningdek, Alpamis Urakbayev bronza medallaridan biriga sazovor bo‘ldi.
o‘zbekiston
kolumbiya
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/07/47465395_19:0:1263:933_1920x0_80_0_0_68c66e7cd902fc935a129131cfbfdac9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, kolumbiya, baa, qilichbozlik
sport, o‘zbekiston, kolumbiya, baa, qilichbozlik
O‘zbekistonlik qilichbozlar Kolumbiyadagi Jahon kubogi bosqichini yuqori notada yakunlashdi
Kolumbiyada sablya va BAAda rapira yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik qilichbozlar uchun sablya va rapira yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan Jahon kubogi muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Sablyachilar Kolumbiyadagi Jahon kubogini oltita medal bilan tugatishdi.
Yosh qilichbozlarimiz Kolumbiyada o‘tgan sablya bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichini yuqori notada yakunlashdi. Quvonarlisi, jamoaviy dasturda ham hamurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medallarga egalik qildilar", —deyiladi xabarda.
Qizlar finalda meksikalik tengqurlarini 45:20, yigitlar esa mezbonlarni 45:28 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratishdi. Shu tariqa, yakkalik bahslari bilan hisoblaganda sportchilar ushbu musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Kolumbiyada sablya va BAAda rapira yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan Jahon kubogining birinchi bosqich bellashuvlarida ishtirok etishmoqda. Qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Samira Shokirova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Rapira bahslarida esa yigitlardan biroz omad yuz o‘girdi.
Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bellashuvlari yigitlar uchun omadli o‘tdi va ular barcha turdagi medallarga egalik qilishdi.
“Murosasiz bahslar yakunida ikki o‘zbek sportchisi - Musa Aymuratov hamda Sardor Abdukarimbekov oltin medal uchun kurash olib borishdi. Unda Aymuratovning qo‘li baland kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Alpamis Urakbayev bronza medallaridan biriga sazovor bo‘ldi.