2025 yil trendda bo‘ladigan top-10 ta kasb: kim qancha oylik oladi?

Obuna bo‘lish
Texnologiyalar jadal rivojlanib, mehnat bozorida yangi kasblar paydo bo‘lmoqda.
Ilgari biz eshitmagan yo‘nalishlar bugun eng talab yuqori kasblarga aylanmoqda. Xo‘sh, yaqin yillarda qaysi kasb egalari mashhur va talabgir bo‘ladi?

Quyida ularning ro‘yxati va taxminiy oylik maoshlari bilan tanishing.
1. Sun’iy intellekt mutaxassisi (AI)
Maosh: $6 000 – $12 000
Intellektual texnologiyalar yaratish va ularni biznes jarayonlariga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.
2. DataScientist
Maosh: $5 000 – $10 000
Katta ma’lumotlarni tahlil qiladi, trendlarni topadi va qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
3. Dasturchi (Software Developer)
Maosh: $4 000 – $10 000
Veb-saytlar, mobil ilovalar va dasturiy ta’minot ishlab chiqadi.
4. Kiberxavfsizlik mutaxassisi
Maosh: $5 000 – $10 000
Tizimlar xavfsizligini ta’minlaydi va kiberhujumlardan himoya qiladi.
5. Raqamli marketolog
Maosh: $2 000 – $7 000
Internetda reklama kampaniyalarini boshqaradi va mijozlarni jalb qiladi.
6. UX/UI-dizayner
Maosh: $3 000 – $8 000
Qulay va jozibali interfeyslar yaratib, mahsulotdan oson foydalanish imkonini beradi.
7. Robototexnika muhandisi
Maosh: $4 000 – $10 000
Robotlarni ishlab chiqish va ularni turli sohalarda joriy qilish bilan shug‘ullanadi.
8. Bioinjener
Maosh: $4 000 – $9 000
Sun’iy organlar, yangi materiallar va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqadi.
9. Onlayn o‘qituvchi
Maosh: $1 000 – $4 000
Talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rgatadi: dasturlash, tillar, dizayn.
10.Neyropsixolog
Maosh: $3 000 – $7 000
Miya jarayonlarini o‘rganadi va insonlarga ruhiy yordam beradi.
*Keltirilgan daromadlar taxminiy bo‘lib, tajriba, ko‘nikma va ish joyiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0