Davlat budjeti: Mirziyoyevga qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha axborot berildi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu predstavlena informatsiya o merax po obespecheniyu ispolneniya Zakona "O Gosudarstvennom budjete Respubliki Uzbekistan na 2025 god".
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
2025 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 6 foiz o‘sishi kutilmoqda.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan, madaniyat va sportni rivojlantirish, muhtoj aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi tadbirlar uchun jami davlat budjeti xarajatlarining 52 foizi yo‘naltiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot berildi. Mazkur qonun 17 ta modda va 10 ta ilovadan iborat bo‘lib, unda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topgan. Xususan, 2025-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 6 foiz o‘sishi kutilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu predstavlena informatsiya o merax po obespecheniyu ispolneniya Zakona "O Gosudarstvennom budjete Respubliki Uzbekistan na 2025 god".
Shavkatu Mirziyoyevu predstavlena informatsiya o merax po obespecheniyu ispolneniya Zakona "O Gosudarstvennom budjete Respubliki Uzbekistan na 2025 god".
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 431 trillion so‘m miqdorida, xarajatlari esa 480,5 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdoridagi taqchillik bilan tasdiqlandi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari balansi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foiz miqdorida taqchillik bilan shakllantirildi. Bunda davlat budjeti daromadlari 308,5 trillion so‘m, xarajatlari esa davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 344,8 trillion so‘m miqdorida rejalashtirildi.
2025 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari prognozi 65,8 trillion so‘m, xarajatlari prognozi 84,3 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi inobatga olingan. Shuningdek, respublika budjetidan mahalliy budjetlarga 18,5 trillion so‘m miqdorida tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar o‘tkazib berilishi nazarda tutilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu predstavlena informatsiya o merax po obespecheniyu ispolneniya Zakona "O Gosudarstvennom budjete Respubliki Uzbekistan na 2025 god".
Shavkatu Mirziyoyevu predstavlena informatsiya o merax po obespecheniyu ispolneniya Zakona "O Gosudarstvennom budjete Respubliki Uzbekistan na 2025 god".
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qonunga ko‘ra, bu yil ham budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolindi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan, madaniyat va sportni rivojlantirish, muhtoj aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi tadbirlar uchun jami davlat budjeti xarajatlarining 52 foizi yo‘naltiriladi.
Mahalliy budjetlar daromadini ko‘paytirish va mustaqilligini oshirish maqsadida quyidagi soliq turlari qo‘shimcha tarzda tuman va shaharlar budjetlarida qoldiriladi:
aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari to‘liqligicha (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foizi (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);
davlat mulkini xususiylashtirishdan mahalliy budjetlarga tushadigan tushumlarning 50 foizi.
Shuningdek, tuman va shaharlar mahalliy kengashlariga ayrim soliq turlari bo‘yicha koeffitsiyent qo‘llash vakolatlari berilgan. Ta’kidlanishicha, davlat budjeti joriy yilda ham iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.