Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyati: Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishV zale zasedaniy
V zale zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2025
Obuna bo‘lish
Kengash faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, umumiy muvofiqlashtirish prezidentning Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda prezidentga kiritib borish Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari bo‘yicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni o‘tkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanadi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlash prezidentning Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yo‘nalishlarga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhlar tashkil qilinadi:
xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;
davlat va jamiyat qurilishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;
tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;
hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;
ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim o‘zgarishi, suv taqchilligi masalalari.
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2024
Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi — uning vazifalari
Yangiliklar lentasi
0