Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

G‘arb Ukraina QK mudofaasi barbod bo‘lishini istisno etmayapti — Tashqi razvedka xizmati

© © AP PhotoUkrainskiy voyenniy. Arxivnoe foto
Ukrainskiy voyenniy. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2025
Obuna bo‘lish
Tashqi razvedka xizmati olgan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arb siyosiy elitalari Ukraina armiyasining Rossiya Qurolli kuchlari hujumiga dosh berish qobiliyatining pasayishini xavotir bilan qayd etishmoqda
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. G‘arb Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasi yaqin orada barbod bo‘lishini istisno etmayapti, deb xabar berdi Rossiya Tashqi razvedka xizmati matbuot burosi.
“Tashqi razvedka xizmati olgan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arb siyosiy elitalari Ukraina armiyasining Rossiya Qurolli kuchlari hujumiga dosh berish qobiliyatining pasayishini xavotir bilan qayd etishmoqda”, - deyiladi relizda.
Razvedka rasmiylarining ta’kidlashicha, Jo Baydenning ketayotgan ma’muriyati bunday ssenariyning oldini olishga intilmoqda va yanada murakkab qurollar, jumladan, uzoq masofali raketa tizimlarini yetkazib berishga e’tibor qaratmoqda. Ammo Oq uy frontni barqarorlashtirish uchun logistik yordamning o‘zi yetarli emasligini tan oladi.
“Vashington “prezident” V. Zelenskiydan safarbarlikka chaqiruv yoshini zudlik bilan tushirishni talab qildi. Tegishli qaror Kiyevda allaqachon tayyorlangan va yaqin orada qabul qilinadi”, - deyiladi hujjatda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Ukrainaga qo‘shni davlatlar allaqachon ukrainalik qochqinlarning yangi to‘lqinlarini qabul qilishga yashirincha tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“G‘arb Rossiya uchun mojaro ekzistensial xususiyatga ega ekanligini va u chekinmasligini biladi. Boshidanoq Kiyevning muzokaralardan bosh tortishi ukrainaliklarni go‘sht maydalagichga solish bilan teng ekani aniq edi. Zelenskiy esa doimiy ravishda Ukraina xalqini yo‘q qilish yo‘lidan bormoqda”, - deya xulosa qildi razvedka xizmati.
Ukrainada 2022-yil 24-fevraldan harbiy holat rejimi joriy etildi, ertasi kuni Vladimir Zelenskiy umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlanadi. Chaqiruv varaqalari turli joylarda topshirilishi mumkin: ko‘chalarda, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoki kafelarda. Shu bilan birga, xavfsizlik kuchlari va harbiylar chaqiriluvchilarga qarshi reydlar o‘tkazadi, ko‘pincha zo‘ravonlik qo‘llaydi.
Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi safarbarlik tezligidan norozi, qo‘mondonlik esa shaxsiy tarkibning halokatli taqchilligidan shikoyat qilmoqda. Shu fonda G‘arbda safarbarlik yoshini pasaytirishga borgan sari tez-tez murojaatlar bo‘lmoqda. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington va uning ittifoqchilari Ukraina Qurolli Kuchlari safiga 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan erkaklarni jalb qilish zarurati to‘g‘risida hamfikr ekanini ma’lum qildi. Hozircha Kiyev rejimi bu borada rasmiy qaror qabul qilmagan.
Boyevoe dejurstvo zenitnogo raketnogo kompleksa (ZRK) Tor-M1 na Krasnoarmeyskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina qiruvchisini urib tushirdi
Yangiliklar lentasi
0