"Bizda Yangi yil, sizdachi?" – turli mamlakatlarda bayram qachon va qanday nishonlanadi
© AP Photo / RICHARD VOGELFestivali vo Vyetname posle Lunnogo Novogo goda
© AP Photo / RICHARD VOGEL
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ko‘pgina mamlakatlarda, shu jumladan, MDHda Yangi yil 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi nishonlanadi. Ana shu vaqtda Yer sayyorasi Quyosh atrofida to‘liq aylanishni amalga oshirgan deb hisoblanadi.
Ammo hamma joyda ham bu sanalarda nishonlanmaydi. Sputnik O‘zbekiston Yangi yilni butunlay boshqa kunlarda nishonlaydigan turli xalq va davlatlar haqida qiziqarli faktlarni to‘pladi.
Xitoy
Ehtimol, hammamiz Xitoy bayramni oy taqvimiga ko‘ra nishonlashini eshitganmiz. Yangi yil kunlari qishki quyosh turishidan keyingi ikkinchi yangi oyga qarab o‘zgaradi. Masalan, xitoyliklar 2024-yilni 10-fevralda qarshi olgan bo‘lsa, 2025-yil ular uchun ehtimol, 28-yanvarda boshlanadi.
© iStock.com / hxyumeKitayskiy Noviy god-2025
Kitayskiy Noviy god-2025
© iStock.com / hxyume
Bayram xalq orasida Xitoy Yangi yili deb ataladi, biroq ayni shu tizim bo‘yicha uni boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham nishonlashadi, masalan, Vyetnamda.
Bu kunlarda odatga ko‘ra mushakbozliklar uyushtirilib, ajdar kostumida an’anaviy raqslar ijro etiladi, qizil konvertlarda pullar hadya qilinadi va bayramona dasturxon yozishadi.
Hindiston
Klassik Yangi yil (1 yanvar) dunyoviy bayram hisoblanadi va ayniqsa, mahalliy bo‘lmaganlar va yoshlar orasida nishonlanadi. Biroq Hindistonning an’anaviy Yangi yili bahorda, oy taqvimiga ko‘ra keladi – aniq sana shtatga bog‘liq. Shu bilan birga, bayram ko‘plab nomlarga ega: Vaysakxi, Vishu, Ugadi, shuningdek, "kuzgi" Yangi yil – Divali.
© AshaindiaKak vstrechayut Noviy god v Indii?
Kak vstrechayut Noviy god v Indii?
© Ashaindia
An’analar ham bayram o‘tkaziladigan joyga qarab farq qiladi. Ko‘pincha bu diniy marosimlar, raqslar, olov atrofida aylanish, sovg‘alar, ziyofatlar, yorqin yurishlar va hatto ko‘mir cho‘g‘da yurishni o‘z ichiga oladi.
Eron
Eronda Yangi yil o‘z taqvimiga muvofiq nishonlanadi. Bayram "Navro‘z" deb ataladi va bahorda, yangi quyosh sikli boshlanishi bilan nishonlanadi. Navro‘zning kelishi astronomik aniqlik bilan, hatto soniyagacha hisoblab chiqiladi.
Shu kuni ko‘chalarni, uylarni bezash va bayram dasturxonini yozish odat tusiga kiradi.
© AP Photo / Vahid SalemiKorzini s pobegami travi, atributom iranskogo Novogo goda
Korzini s pobegami travi, atributom iranskogo Novogo goda
© AP Photo / Vahid Salemi
Bayramning o‘xshash varianti Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham mavjud: O‘zbekiston va Tojikistonda bu Navro‘z, Qozog‘istonda – Nauriz, Qirg‘izistonda – Nooruz. U 21-mart kuni, bahorgi tengkunlikda nishonlanadi.
BAA
Yangi yil Arab Amirliklarida ikki marta nishonlanadi: Islom taqvimi (hijriy) va dunyoviy taqvim (1 yanvar) bo‘yicha.
© AP Photo / Kamran JebreiliNoviy god v OAE
Noviy god v OAE
© AP Photo / Kamran Jebreili
BAAda bayram har doim juda yorqin nishonlanadi: dronlar va mushakbozliklar taqdimoti tashkil qilinadi, shunchalik keng ko‘lamli va taa’ssurotga boyki, allaqachon Ginness rekordlari kitobiga bir necha bor kiritilgan.
Vyetnam
Tet - Vyetnam (oy) taqvimiga ko‘ra Yangi yil. Vyetnamliklar bayramni Pekin va Xanoy o‘rtasidagi vaqt farqiga asoslanib, Xitoy bilan deyarli bir vaqtda nishonlashadi.
© AP Photo / Chitose SuzukiVyetnamskiy Lunniy Noviy god
Vyetnamskiy Lunniy Noviy god
© AP Photo / Chitose Suzuki
Vyetnamda Yangi yil uch kun nishonlanadi: oilalar uyda yig‘ilib, xushbo‘y tutatqi tutatishadi va ajdodlarni xotirlaydilar. Shuningdek, mehmonga borish va pul sovg‘a qilish odat hisoblanadi. Yangi yil archasi o‘rnini kichik mevali mandarin daraxti yoki shaftoli gullaridan iborat shoxlar egallaydi.
Efiopiya
Qadrli narsalarni hadya qilish kuni, Enkutatash yoki Efiopiya Yangi yili 11-sentabr (kabisa yilida – 12-sentabr) kuni, yulian taqvimiga ko‘ra nishonlanadi. Uylar sariq romashkalar bilan bezatiladi. Bayramning eng muhim an’analaridan biri olov yoqishdir. Eng katta, 6 metrli evkalipt daraxtidan yoqiladigan olovni mamlakat poytaxti Addis-Abebada prezidentning o‘zi yoqadi.
© AP PhotoNoviy god v Efiopii
Noviy god v Efiopii
© AP Photo
Xalq sayllar o‘tkazadi, odamlar marosim qo‘shiqlari va raqslar ijro etadi.
Tailand
An’anaviy Tailand Yangi yili Songkran 13-15 aprel kunlari nishonlanadi. Har bir kun ma’lum odatlarga ega.
Masalan, birinchi kuni keksalarga hurmat ko‘rsatish, sovg‘alar berish va ibodatxonalarda qurbonliklar qilish odat hisoblanadi.
Ikkinchi kuni yoshlar ota-onasining oyoq-qo‘llarini xushbo‘y suv bilan yuvadilar, ota-onalar esa farzandlariga yosmin gulchambar bilan duo qiladilar. Shu kuni bir-birlariga suv sepish ham an’anaga aylangan, shu bois bu bayram dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan.
© AP Photo / Wason WanichakornVedro vodi oblivayetsya na jenshinu vo vremya vodnogo festivalya Songkran v chest tayskogo Novogo goda v provinsii Prachinburi, Tailand
Vedro vodi oblivayetsya na jenshinu vo vremya vodnogo festivalya Songkran v chest tayskogo Novogo goda v provinsii Prachinburi, Tailand
© AP Photo / Wason Wanichakorn
5 aprelda esa odamlar ibodatxonalarga borishni, bayram qilishni davom ettiradi va Buddani yosmin suvi bilan yuvish tadbirini o‘tkazadi.
Bundan tashqari, Songkranda sevishganlar bir-birlariga muhabbatlarini izhor qilishadi.
Isroil
Rosh xa-Shona – yahudiy (oy-quyosh) taqvimining yettinchi oyiga, ya’ni sentabr-oktabr oylariga to‘g‘ri keladi. Bu yil Rosh xa-Shona 2-4 oktabr kunlari nishonlandi.
Yahudiy Yangi yilida qo‘chqor shoxida sadolar chalinadi. Yahudiylar sinagogaga tashrif buyurishadi, suv havzalari yonida to‘planishadi va ibodat qilishadi.
© AP Photo / Oded BaliltyEvreyskiy prazdnik Tu bishvat ili "Noviy god derevyev". sidya so svoimi ravvinami za dlinnim stolom, napolnennim vsevozmojnimi fruktami
Evreyskiy prazdnik Tu bishvat ili "Noviy god derevyev". sidya so svoimi ravvinami za dlinnim stolom, napolnennim vsevozmojnimi fruktami
© AP Photo / Oded Balilty
Yil muammo keltirmasligi uchun bayram dasturxoniga achchiq va nordon taom qo‘yilmaydi. Aksincha, shirinliklar, asal, anor yoki olma bilan mehmon qilinadi.