Trampning mehmonxonasi oldida Tesla avtomobili portlab ketdi

© AP Photo / Ty ONeilPojarnaya mashina na meste vzriva Tesla Cybertruck okolo neboskreba Trump Tower v Las-Vegase
Pojarnaya mashina na meste vzriva Tesla Cybertruck okolo neboskreba Trump Tower v Las-Vegase - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2025
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Donald Trampning Las-Vegasdagi mehmonxonasi yaqinida Tesla Cybertruck avtomobili portlab, yonib ketdi, deb yozadi “Daily Mail”.
“Las-Vegasdagi “Trump International” mehmonxonasi kirish eshigi oldida Cybertruck portlaganidan keyin mehmonxona evakuatsiya qilindi”, — deyiladi xabarda.
Yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan. AQSh politsiyasi avtomobil portlashida gumonlanuvchi shaxsni aniqladi.
“Tergovchilar gumonlanuvchining 37 yoshli Mettyu Livelsberger ekanligini aniqlashdi”, — deyiladi KTNV-TV xabarida.
Qayd etilishicha, Cybertruck portlashida gumonlanuvchi AQSh armiyasida xizmat qilgan.
AQSh Federal tergov burosi vakili brifingda voqeani ehtimoliy terakt deb atamadi. Biroq, ABC telekanali manbalarga tayanib, huquq-tartibot idoralari xodimlari bunday versiyani istisno qilmayotgani haqida xabar berdi.
“Trump Towers” qisman AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga tegishli. Cybertruck Trampga yaqin milliarder va uning ma’muriyatining bo‘lajak rasmiysi Ilon Maskga tegishli bo‘lgan Tesla kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0