“Gazprom” Ukraina orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

© Sputnik / Maksim BlinovStend kompanii "Gazprom" na vistavke, organizovannoy v ramkax Rossiyskogo investitsionnogo foruma (RIF-2018) v Sochi.
Stend kompanii Gazprom na vistavke, organizovannoy v ramkax Rossiyskogo investitsionnogo foruma (RIF-2018) v Sochi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili “Gazprom” ushbu yo‘nalish bo‘ylab qariyb 15 milliard kub metr yoqilg‘i yetkazib bergan.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. “Gazprom” Ukraina orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi, deb xabar berdi Rossiya kompaniyasi o‘zining Telegram kanalida.
“Soat 8:00 dan Rossiya gazini Ukraina hududi orqali tashish uchun yetkazib berish amalga oshirilmayapti”, — deyiladi xabarda.
Eslatilishicha, bugun 2019-yil 30-dekabrda “Gazprom” va Ukrainaning “Naftogaz”i o‘rtasida imzolangan Rossiya gazini qo‘shni davlat hududi orqali tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv hamda “Gazprom” va “Ukraina gaz transporti tizimining operatori” o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv muddati tugagan.
“Ukraina tomonining ushbu kelishuvlarni uzaytirishni bir necha bor va aniq rad etgani sababli, “Gazprom” 2025-yil 1-yanvardan boshlab Ukraina hududi orqali tranzit uchun gaz yetkazib berishning texnik va huquqiy imkoniyatidan mahrum bo‘ldi”, - deyiladi Rossiya kompaniyasi xabarida.
O‘tgan yili “Gazprom” ushbu yo‘nalish bo‘ylab qariyb 15 milliard kub metr yoqilg‘i yetkazib bergan, bu Yevropa Ittifoqidagi umumiy iste’molning 4,5 foizini tashkil qilgan. O‘tgan hafta Vladimir Zelenskiy tranzit kelishuvini hatto uchinchi davlatlar xaridlari uchun ham uzaytirish imkoniyatini rad etdi.
Yangiliklar lentasi
0