O‘zbekiston prezidenti va xalqini qaysi davlat yetakchilari tabrikladi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev po priglasheniyu Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki Ilxama Aliyeva otbil s rabochim vizitom v gorod Baku dlya uchastiya v sammite Spetsialnoy programmi OON dlya ekonomik Sentralnoy Azii (SPEKA).
Shavkat Mirziyoyev po priglasheniyu Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki Ilxama Aliyeva otbil s rabochim vizitom v gorod Baku dlya uchastiya v sammite Spetsialnoy programmi OON dlya ekonomik Sentralnoy Azii (SPEKA). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2024
Obuna bo‘lish
Matbuot xizmati: O‘zbekiston prezidentiga qutlovlar kelishda davom etmoqda.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Kirib kelayotgan yangi - 2025-yil munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda.

“Xalqaro hamkorlar o‘z qutlovlarida mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonda siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, davlatning jahon miqyosidagi nufuzi va mavqeyini mustahkamlashga xizmat qiladigan faol, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat olib borilayotganini qayd etmoqda”, —deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Xorijiy yetakchilar O‘zbekiston prezidenti va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Qayd etilishicha, qutlovlar kelishda davom etmoqda.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba;
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Kir Starmer;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;
YuNESKO bosh direktori Odri Azule;
XAEA bosh direktori Rafael Grossi;
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;
Jahon banki prezidenti Ajay Banga;
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsun;
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario.
Yangiliklar lentasi
0