Kelasi yildan Rossiyadagi fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatiladi — Mirgatsiya agentligi

© Sputnik / Artem JitenevTestirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku
Testirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2024
Obuna bo‘lish
Migratsiya agentligi: yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida guruh faoliyat olib boradi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Kelasi yildan boshlab O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarga hududdagi huquqiy holatni tartibga solish uchun huquqiy yordam ko‘rsatadi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasida noqonuniy bo‘lgan chet el fuqarolari 2025-yil 30-aprelga qadar o‘z huquqiy maqomlarini tartibga solishlari yoki mamlakatni mustaqil ravishda tark etishlari lozim bo‘lgan farmonni imzoladi.
“Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 1126-son Farmonga ko‘ra Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari 2025-yilning 30-aprel sanasigacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak”, — deyiladi xabarda.
Talab qonuniy ravishda qolishni istagan xorijliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi 2025-yilning yanvar oyidan boshlab Rossiyada ishlab yurgan, ammo, hujjatlarida kamchiligi mavjud bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga huquqiy, amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu masala bo‘yicha alohida guruh faoliyat olib boradi. Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida qo‘shimcha xabar beramiz”, — deyiladi agentlik Telegram-kanalida.
Avvalroq respublika migratsiya agentligi matbuot xizmati RIA Novostiga xabar qilganidek, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida tashkillashtirilgan ishga qabul qilish doirasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida ishga joylashtirish 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,3 baravarga oshib, qariyb 50 ming kishini tashkil etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda xorijda vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni uchdan birga kamaygan va 1,14 million kishini tashkil etgan. Shu bilan birga, ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘rtalarida Rossiyada 1 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0