Mirziyoyev Berdimuhamedov va Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2024
Obuna bo‘lish
Telefon orqali muloqotlarda yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari haqida so‘z yuritildi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
“Telefon orqali muloqotda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov bir-birini va qardosh xalqlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, farovonlik, tinchlik va ravnaq tilashdi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Davlat rahbari bu yil shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300-yilligi munosabati bilan yuksak saviyada o‘tkazilgan xalqaro tadbirlarga alohida to‘xtaldi. O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan badiiy film suratga olingani, bir qator qo‘shma tadbirlar o‘tkazilgani ta’kidlandi.
“Suhbat chog‘ida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari va Qozog‘istonning birinchi prezidenti kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilashdi.
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani, ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0