Bayramda xavfsizlikni ta’minlash uchun 16 mingdan ziyod kuch-vositalari safarbar etildi — IVV

© Sputnik / Baxrom XatamovGlavnaya yelka Tashkenta otkrita Tashkent
Glavnaya yelka Tashkenta otkrita Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2024
Obuna bo‘lish
IIV: asosiy bayram tadbirlari respublikaning 240 dan ortiq obyektida o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha jami 16 mingdan ziyod kuch-vositalar safarbar etildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lum qildi.
Muzifa Sultonova bayram tadbirlari davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Uning qayd etishicha, asosiy bayram tadbirlari respublikaning 240 dan ortiq obyektida o‘tkazilmoqda.
“Tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda adashib qolgan yosh bolalarni vaqtincha saqlash uchun 194 ta xona tashkil etilib, ularga mas’ul xodimlar biriktirilgan. Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 435 ta avtoturargohlar tashkil etilib, ushbu joylarning qo‘riqlanishi ta’minlanadi, transport vositalarining tartibsiz qoldirib ketilishi va evakuatsiya yo‘llarining to‘sib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, — deya qayd etdi Muzifa Sultonova.
Tadbir kunlari joylarda obyektlarga olib keluvchi 259 ta ko‘chalar 984 ta BDO-5 beton va temir to‘siqlar yordamida jismonan yopiladi, yo‘llarga 1105 ta vaqtinchalik yo‘l belgilari o‘rnatilib, aylanma yo‘llar tashkil etiladi.
Favqulodda holatlar yuzaga kelganda fuqarolar va transport vositalarining evakuatsiyasini tashkil etish maqsadida obyektlarga yaqin 192 ta nuqtada maxsus texnikalar joylashtiriladi. Olis va nazoratsiz hududlarga 74 ta qo‘shimcha to‘siq postlar tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0