https://oz.sputniknews.uz/20241230/yangi-yil-filmlar-47171972.html
Yangi yil muhitiga sho‘ng‘ish uchun qaysi filmlarni tomosha qilish kerak?
Yangi yil muhitiga sho‘ng‘ish uchun qaysi filmlarni tomosha qilish kerak?
Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil – mo‘’jizalar, iliq uchrashuvlar va shinam oqshomlar vaqti. Bayramona kayfiyatni his qilish uchun Sputnik O‘zbekiston dunyo klassikasi va mashhur rus... 30.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-30T10:05+0500
2024-12-30T10:05+0500
2024-12-30T10:05+0500
yangi yil
bayram
film
multfilm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1313/90/13139083_0:0:2560:1440_1920x0_80_0_0_0b548234b1a7aea3e160f988f1bbd8ec.jpg
Yangi yil – mo‘’jizalar, iliq uchrashuvlar va shinam oqshomlar vaqti. Bayramona kayfiyatni his qilish uchun Sputnik O‘zbekiston dunyo klassikasi va mashhur rus filmlaridan iborat to‘plamni taqdim etadi.Yangi yil va Rojdestvo klassikasi"Uyda yolg‘iz" (1990)Rejissor: Kris KolambusQiziqarli fakt: Film voqealari tasvirga olingan uy Illinoys shtatida joylashgan bo‘lib, hozirgacha sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Ssenariyning o‘zi esa atigi 10 kun ichida yozilgan.Nima uchun tomosha qilish kerak: Makoley Kalkin bosh roldagi bu komediya Rojdestvoda uyda qolgan bolakay Kevinning sarguzashtlarini hikoya qiladi. Film bizga oilaviy qadriyatlar nima bo‘lgan taqdirda ham har doim birinchi o‘rinda turishini o‘rgatadi.Film kimga yoqadi: aktrisa Emma Uotson har yili oilasi bilan "Uyda yolg‘iz" filmini tomosha qilishini aytgan."Haqiqiy sevgi" (2003)Rejissor: Richard KortisQiziqarli fakt: filmning ayrim sahnalari ssenariysiz suratga olingan – masalan, Emma Tompson qahramonining yotoqxonada yig‘layotgan sahnasi butunlay improvizatsiya qilingan.Nima uchun tomosha qilish kerak:Bu film yangi muhabbat, umid va yangi boshlanishlar haqidagi hikoyalar mozaikasi. U Rojdestvo ruhini, , ayniqsa, "All I Want for Christmas Is You" qo‘shig‘i bilan mashhur saundtrek tufayli juda yaxshi aks ettiradi.Film kimga yoqadi: Aktor Xyu Grant bu filmni o‘zining eng sevimli ishi sifatida bir necha bor tilga olgan, ayniqsa, bosh vazirning raqs sahnasi.Sovet yangi yil klassikasi"Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling!" (1975)Rejissor: Eldar RazanovQiziqarli fakt: bosh rollarni ijro etgan Andrey Magkov va Barbara Brilska birinchi marta suratga olish maydonida uchrashgan, aktrisa rus tilini yomon bilganligi sababli satrlarni ovoz chiqarib o‘rganayotgan bo‘lgan.Nima uchun tomosha qilish kerak: hayotni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan tasodiflar haqidagi hikoya. Bu film MDH mamlakatlarida Yangi yil an’anasining ajralmas qismiga aylangan.Film kimga yoqadi: rossiyalik qo‘shiqchi Polina Gagarina Yangi yilni "Taqdir hazili"siz tasavvur qila olmasligini ko‘p ta’kidlaydi."Karnaval kechasi" (1956)Rejissor: Eldar RazanovQiziqarli fakt: film uch oyda suratga olingan va uning “Besh daqiqa” ("Pat minut") kabi qo‘shiqlari ko‘p yillar xitiga aylangan.Nima uchun tomosha qilish kerak: hazil va bayramona muhit bilan kayfiyatingizni ko‘taradigan yengil musiqiy komediya.Zamonaviy bayram filmlari"Rojdestvo yilnomalari" (2018)Rejissor: Kley KeytisQiziqarli fakt: Santa rolini ijro etgan Kurt Rassell bu uning eng noodatiy va sevimli roli ekanligini aytgan.Nima uchun tomosha qilish kerak: Santaning Rojdestvoni qutqarishida yordam beradigan bolalarning sarguzasht va mehr bilan to‘la hayajonli hikoyasi.Film kimga yoqadi: Aktrisa Milli Bobbi Braun bu filmni bayram mavsumi uchun eng sehrli filmlardan biri deb hisoblaydi.Butun oila uchun yangi yil multfilmlari"Qutb ekspressi" (2004)Rejissor: Robert ZemekisQiziqarli fakt: bu multfilm harakatni suratga olish texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan birinchi to‘liq metrajli loyiha. Tom Xenks bir nechta qahramonlarga, shu jumladan, haydovchiga ham ovoz bergan.Nima uchun tomosha qilish kerak: Sehrli poyezddagi bu sayohat mo‘’jizalar va mehr kuchiga ishonishga o‘rgatadi.Qaysi filmni tanlasangiz ham, ularning har biri sizga yangi yil kayfiyatini beradi. Shinam kechalar, qaynoq shokolad va issiq pled – kino tomosha qilish uchun ideal hamrohlar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1313/90/13139083_420:0:2340:1440_1920x0_80_0_0_919e7a61164955077a7a8d76a97497b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi yil, bayram, film, multfilm
yangi yil, bayram, film, multfilm
Yangi yil – mo‘’jizalar, iliq uchrashuvlar va shinam oqshomlar vaqti. Bayramona kayfiyatni his qilish uchun Sputnik O‘zbekiston dunyo klassikasi va mashhur rus filmlaridan iborat to‘plamni taqdim etadi.
Yangi yil va Rojdestvo klassikasi
Qiziqarli fakt: Film voqealari tasvirga olingan uy Illinoys shtatida joylashgan bo‘lib, hozirgacha sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Ssenariyning o‘zi esa atigi 10 kun ichida yozilgan.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Makoley Kalkin bosh roldagi bu komediya Rojdestvoda uyda qolgan bolakay Kevinning sarguzashtlarini hikoya qiladi. Film bizga oilaviy qadriyatlar nima bo‘lgan taqdirda ham har doim birinchi o‘rinda turishini o‘rgatadi.
Film kimga yoqadi: aktrisa Emma Uotson har yili oilasi bilan "Uyda yolg‘iz" filmini tomosha qilishini aytgan.
Qiziqarli fakt: filmning ayrim sahnalari ssenariysiz suratga olingan – masalan, Emma Tompson qahramonining yotoqxonada yig‘layotgan sahnasi butunlay improvizatsiya qilingan.
Nima uchun tomosha qilish kerak:Bu film yangi muhabbat, umid va yangi boshlanishlar haqidagi hikoyalar mozaikasi. U Rojdestvo ruhini, , ayniqsa, "All I Want for Christmas Is You" qo‘shig‘i bilan mashhur saundtrek tufayli juda yaxshi aks ettiradi.
Film kimga yoqadi: Aktor Xyu Grant bu filmni o‘zining eng sevimli ishi sifatida bir necha bor tilga olgan, ayniqsa, bosh vazirning raqs sahnasi.
Sovet yangi yil klassikasi
"Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling!" (1975)
Qiziqarli fakt: bosh rollarni ijro etgan Andrey Magkov va Barbara Brilska birinchi marta suratga olish maydonida uchrashgan, aktrisa rus tilini yomon bilganligi sababli satrlarni ovoz chiqarib o‘rganayotgan bo‘lgan.
Nima uchun tomosha qilish kerak: hayotni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan tasodiflar haqidagi hikoya. Bu film MDH mamlakatlarida Yangi yil an’anasining ajralmas qismiga aylangan.
Film kimga yoqadi: rossiyalik qo‘shiqchi Polina Gagarina Yangi yilni "Taqdir hazili"siz tasavvur qila olmasligini ko‘p ta’kidlaydi.
"Karnaval kechasi" (1956)
Qiziqarli fakt: film uch oyda suratga olingan va uning “Besh daqiqa” ("Pat minut") kabi qo‘shiqlari ko‘p yillar xitiga aylangan.
Nima uchun tomosha qilish kerak: hazil va bayramona muhit bilan kayfiyatingizni ko‘taradigan yengil musiqiy komediya.
Zamonaviy bayram filmlari
"Rojdestvo yilnomalari" (2018)
Qiziqarli fakt: Santa rolini ijro etgan Kurt Rassell bu uning eng noodatiy va sevimli roli ekanligini aytgan.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Santaning Rojdestvoni qutqarishida yordam beradigan bolalarning sarguzasht va mehr bilan to‘la hayajonli hikoyasi.
Film kimga yoqadi: Aktrisa Milli Bobbi Braun bu filmni bayram mavsumi uchun eng sehrli filmlardan biri deb hisoblaydi.
Butun oila uchun yangi yil multfilmlari
Qiziqarli fakt: bu multfilm harakatni suratga olish texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan birinchi to‘liq metrajli loyiha. Tom Xenks bir nechta qahramonlarga, shu jumladan, haydovchiga ham ovoz bergan.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Sehrli poyezddagi bu sayohat mo‘’jizalar va mehr kuchiga ishonishga o‘rgatadi.
Qaysi filmni tanlasangiz ham, ularning har biri sizga yangi yil kayfiyatini beradi. Shinam kechalar, qaynoq shokolad va issiq pled – kino tomosha qilish uchun ideal hamrohlar.