https://oz.sputniknews.uz/20241230/escap-ozbekiston-investitsiya-49-foiz-malumot-47394026.html
ESCAP hisoboti haqiqiy kiritilgan investitsiyalarni tasdiqlaydigan hujjat emas — Qambarov
ESCAP hisoboti haqiqiy kiritilgan investitsiyalarni tasdiqlaydigan hujjat emas — Qambarov
Sputnik O‘zbekiston
Jasur Qambarov ba’zi OAVda O‘zbekistonga investitsiyalar 2024-yilda 49% ga kamayganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. 30.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-30T12:22+0500
2024-12-30T12:22+0500
2024-12-30T12:22+0500
iqtisod
o‘zbekiston
investitsiya
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45303677_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_1d412bd0c02496addd7d4c7cbc248d57.jpg
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. “ESCAP”ning 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasiga investitsiyalarning 49 foizga kamayishi haqidagi ma’lumoti ishonchsiz. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi Departament rahbari Jasur Qambarov ma’lum qildi.Jasur Qambarov ba’zi OAVda O‘zbekistonga investitsiyalar 2024-yilda 49% ga kamayganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Uning aytishicha, BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining 2024-yilda mintaqaga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha hisobotida jalb qilingan investitsiyalarning haqiqiy hajmini aks ettirmaydi.Uning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa, hisobot faqat xorijiy kompaniyalarning dastlabki rejalarini aks ettiradi va haqiqiy kiritilgan investitsiyalarni tasdiqlaydigan hujjat bo‘la olmaydi.Uning ta’kidlashicha, shu munosabat bilan, ESCAPga O‘zbekistondagi haqiqiy kiritilgan investitsiyalar va so‘nggi yillarda chet el investitsiyalari bilan amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar yo‘llandi (ma’lumotlar UNCTAD metodologiyasi bo‘yicha xalqaro statistik hisobot standartlari asosida shakllantiriladi).Quyidagi ma’lumotlar keltirildi:Uning qo‘shimcha qilishicha, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish mamlakatning nufuzi va investitsiya jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45303677_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_92dc7dea9f8e6538cea5fb59f48fb556.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, investitsiya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
iqtisod, o‘zbekiston, investitsiya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
ESCAP hisoboti haqiqiy kiritilgan investitsiyalarni tasdiqlaydigan hujjat emas — Qambarov
Jasur Qambarov ba’zi OAVda O‘zbekistonga investitsiyalar 2024-yilda 49% ga kamayganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. “ESCAP
”ning 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasiga investitsiyalarning 49 foizga kamayishi haqidagi ma’lumoti ishonchsiz. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi Departament rahbari Jasur Qambarov
ma’lum qildi. Jasur Qambarov ba’zi OAVda O‘zbekistonga investitsiyalar 2024-yilda 49% ga kamayganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Uning aytishicha, BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining 2024-yilda mintaqaga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha hisobotida jalb qilingan investitsiyalarning haqiqiy hajmini aks ettirmaydi.
“Men 2024-yilda mintaqaga investitsiya jalb qilish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hisoboti bilan tanishib chiqdim. Hisobotni tuzishda ESCAP ekspertlari press-relizlar, ommaviy axborot vositalari materiallari va kompaniyalarning biror bir mamlakatga kelajakda sarmoya kiritish rejalari haqidagi bayonotlari asosida tarqatilgan xabarlarni jamlaydigan platformadagi ma’lumotlardan foydalanganligini ko‘rdim”, — deb yozadi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa, hisobot faqat xorijiy kompaniyalarning dastlabki rejalarini aks ettiradi va haqiqiy kiritilgan investitsiyalarni tasdiqlaydigan hujjat bo‘la olmaydi.
“Ya’ni, komissiya hisobotida bir mamlakatda qiymati 11 milliard dollarlik energetika obyektlarini barpo etish rejalashtirilayotgani qayd etilgan. Internetdagi oddiy izlanish shuni ko‘rsatdiki, bu kabi rejalarga doir bir necha oy oldin memorandum imzolangan. Biroq, investitsiyalar sohasidagi barcha mutaxassislar bunday ulkan loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘p yillar kerakligini juda yaxshi bilishadi. Hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirishda rejalar bilan haqiqiy kiritilgan investitsiyalarni farqlash juda muhim. Ularni farqlamasdan keng jamoatchilikka tarqatish esa o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlrani tarqalishiga olib keladi. Shuning uchun ham OAV va blogerlar jamoasi hisobotda keltirilgan noo‘rin ma’lumotlarni tarqatishni boshlaganini ko‘rib, investitsiyalarni hisobini yuritayotgan mas’ul sifatida ajablanib qoldim”, — deb yozadi u.
Uning ta’kidlashicha, shu munosabat bilan, ESCAPga O‘zbekistondagi haqiqiy kiritilgan investitsiyalar va so‘nggi yillarda chet el investitsiyalari bilan amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar yo‘llandi (ma’lumotlar UNCTAD metodologiyasi bo‘yicha xalqaro statistik hisobot standartlari asosida shakllantiriladi).
Quyidagi ma’lumotlar keltirildi:
Ayni paytda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari umumiy qiymati 148 milliard dollarni tashkil etib, joriy yilda 34,6 milliard dollar o‘zlashtirish kutilmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 marta ko‘p.
Shuningdek, joriy yil boshidan xorijiy investitsiyalari ishtirokida 240 dan ortiq yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirildi.
Masalan, energetika sohasida jami qiymati 7 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 24 loyiha ishga tushirildi. Xususan, Buxoro, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida jami 2,3 ming megavatt quvvatga ega 5 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda 5 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar tarmoqqa ulandi.
Metallurgiya sohasida 881 million dollarlik 3 ta loyiha, kimoda – 267 million dollarlik 15 ta loyiha, to‘qimachilik sanoatida – 546 million dollarlik 32 ta loyiha ishga tushirildi.
“Bizning vazirligimiz OAVlarga doim ochiq. Shuningdek, jurnalistlar haqqoniy ma’lumot va sharhlar olish uchun aynan vakolatli organlarga murojaat qilishlarini istardim”, — deya xulosa qildi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish mamlakatning nufuzi va investitsiya jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.